Sahifa yuklanmoqda . . .

Muhammad Rizo Ogahiy Asarlari

Muhammad Rizo Ogahiy Asarlari - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Ogahiy g'azallari o'zining ham mazmuniy, ham shakliy jihatdan yetukligi bilan adabiyot bo'stonida o'zining alohida o'rniga ega. Xususan, mazkur g'azalni o'qigan kitobxon ham, bir tomondan, oshiq qalbidagi tuyg'ularning sof va samimiyligidan ilhomlansa, boshqa tomondan, g'azalning go'zal va o'ynoqi ohangidan zavq tuyadi.

230
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy
Botir Qodirov

Tasavvufiy ruhda bitilgan asarlarni o'qish kishidan alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Xususan, bunda tasavvufiy istilohlardan boxabar bo'lish lozimdir. Yo'qsa, asar ma'nosi anglashilmaydi yoki butunlay zid ma'noda tushunilishi mumkin. Ushbu g'azalda ham lirik qahramon yorga yolborib: "Bir bo'sa ber", deya o'tinar ekan, bunda solih bandaning Allohdan lutf-u marhamat tilayotganini ko'rishimiz mumkin.

1
250
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy
Botir Qodirov

Ushbu tuyuq "boringiz" so'zining tajnisi asosiga qurilgan bo'lib, undan shunday ma'no yuzaga keladi: "Do'stlar, barchangiz birgalikda tund fe'lli yorim qoshiga boring va bir kecha bazmimga keltirish uchun oyoqlariga bosh qo'yib yolboring".

79
Tuyuq
Muhammad Rizo Ogahiy

Mazkur tuyuq "yo qilmadi" so'zlari tajnisiga asoslangan bo'lib, undan quyidagicha ma'no hosil bo'ladi: "To g'am yuki mening qaddimni egmaguniga qadar falak ohlarim o'tidan yonmagan edi. Yorim menga rahm etmadi, bilmaymanki, u o'zgaga ham rahm qilganmi yoki yo'qmi".

69
Tuyuq
Muhammad Rizo Ogahiy

Mazkur tarji’band tasavvufiy mazmunga yo‘g‘rilgan ijtimoiy-falsafiy ruhdagi asardir. Tarji’bandda dunyo omonat binoga, bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o‘xshatiladi va insonni unga ko‘ngil berib, aldanib qolmaslikka chaqiriladi.

88
Tarje'band
Muhammad Rizo Ogahiy

Ogahiy ijodida uning «Ogohnoma» qasidasi salmoqli o’rin tutadi. Bu asar Muhammad Rahimxon Soniy, ya’ni Feruz Xiva taxtiga chiqishi munosabati bilan bitilgan. Qasida shohga tabrik va otasining o’limi uchun unga hamdardlik bilan boshlanadi. Ogahiy boshqa qasidago’ylar singari yosh hukmdorni maqtab, xushomad tulporini maydonga surmaydi, balki yurt boshqarish yuzasidan aniq va foydali o’gitlar beradi.

104
Qasida
Muhammad Rizo Ogahiy

Ushbu g’azalni o’qir ekansiz, unda ifodalangan oshiqning samimiy so’zlari sizni beixtiyor o’ziga maftun etadi. Yor o’z jafolari bilan oshiqqa qancha zulm qilmasin, oshiq uchun bu azoblar ham rohat bo’lib tuyuladi va buning uchun yorga “Sallamno - tasanno” deydi.

167
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Ushbu she’r adabiyotimiz tarixida juda ham uchraydigan hodisalardan deyish mumkin. She’rni ikki xil — odatdagi yon tarafga hamda yuqoridan pastga tomon o‘qisangiz, bir xil matn hosil bo‘laveradi.

106
Xos ruboiy
Muhammad Rizo Ogahiy

Ushbu g'azal oshiq va ma'shuqaning o'zaro suhbati - dialog tarzida bitilgan bo'lib, unda ishq talabi va mazmuni bayon etigan.

101
Voqeaband g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Himmat nima? Ba'zilar uni faqat kimgadir nimadir bera olish fazilati deya tushunadilar. Yo'q, faqat bugina emas. Aslida himmat - bu o'zingizdan-da baland bo'lmoq. Ya'ni o'z istaklaringizni, aniqrog'i, nafsingiz istaklarini yengib o'tmoqlikdir. Mazkur g'azal bizga ushbu masalada saboq beradi.

82
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Shoirning muhabbat lirikasida ushbu g'azal o’ziga xos maqomga ega. Bu she’rda oshiq ma’shuqadan marhamat kutadi. Yordan hajr tunida fig’on chekayotgan oshiqqa rahm etishni o’tinadi. Mahbuba shu qadar sitamkorki, uning jabri zo’rligidan oshiq joni tanasini tashlab ketar holga yaqinlashib qolgan...

103
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Ushbu g'azal Ogahiy lirikasidagi eng e'tiborli g'azallardan biri sanaladi. Uning lirik qahramoni taqdiri ham o'zgacha. Oshiq tun-u kun ishq o'tidan nola-fig'on chekadi, jon-u jismi azoblanadi. Hatto u shu qadar ko'p ko'zyosh to'kadiki, bu yoshlar qirg'oqsiz ummonga aylanadi. Ammo ma'shuqadan hech qanday javob yo'q. U oshiq holiga beparvo yuraveradi. Ammo bir kun unga oshig'ing ishqingda daryo-daryo ko'zyosh to'kib o'ldi deyishadi. Shunda qiz javob beradi: "Mening ham ko'zyoshlarim daryo-daryo"...

86
Voqeaband g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Mazkur g'azalda shoir dilbarning afsonaviy tasvirini beradi. Uning olamni gado qilgulik portretini chizadi. Shu asnoda oshiqni unga bog’lab turgan insoniy rishtalarni ham ko’rsatadi. Oshiq javobsiz, umid qilmaydigan muhabbati bilan yorga intiladi. U ma’shuqaga yetishishdan emas, balki intilishning o’zidan masrur...

117
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Ushbu g'azal Ogahiy she'riyatining badiyati darajasini yaqqol ko'rsatib beruvchi asarlar sirasiga kiradi. Bir qaraganda, bu she'r sof ishqiy lirikadek taassurot uyg'otsa-da, uning qatiga chuqurroq kirib borar ekanmiz, ko'ramizki, unda falsafa ham, axloq ham, ijtimoiyot ham, hatto siyosat ham bor. Biroq yetakchi ohang baribir ishqdir.

202
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy