Sahifa yuklanmoqda . . .
Halovat - Asarlar - halovat so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Tug‘yonli dengizni eslayman, Men unda ko‘raman salobat. Dengizdek bo‘lmoqni istayman, Gohida qumsayman halovat.
Muhabbat, bu – yalt etgan nigoh Va halovat abas, degani. Muhabbat, bu – o‘zingni sevmoq Va o‘zgaga havas, degani. Hayot isi kelar ismidan, Hayotingni kessa-da zimdan, Muhabbat, bu – kuy to‘la zindon, Atirguldan qafas, degani.
Chinakam ayriliq sevganingdan olisda yashamoq emas. Chunki ko'ngillar bir ekan, bir kun topishmoqqa umid bor ekan, masofalar olisligi ayriliq sanalmaydi. Chinakam ayriliq sevganing bilan yo'llaring ayro bo'lishi. Har bir daqiqa, har bir soniya uni bag'ringdan yulib ketayotganini his etib turishdir. U seni, sen esa uni hech qachon yodingdan chiqara olmasang-u, uni sendan atigi bir necha qadamli yo'l ajratib tursa-yu, yoniga borolmasang, unga eltuvchi yo'llaring hijron dashtida g'oyib bo'lgan bo'lsa, bu haqiqiy hijrondir.
She'rda o‘zbek xalqi, dehqoni, paxtakorining bukilmas irodasi, ochiq, beg‘ubor ko‘ngli, matonati va mehnatsevarligi kuylanadi. Buning uchun faslning ajib bir betakror holati-saraton asos qilib olingan. Shoir maqsadni amalga oshirish uchun, tosh yog‘sa ham paxtani teraveramiz qabilida, otash yondirsa ham dalada ishlayveramiz, degan fikrdan yiroq. Kun tabiatni jizg‘anak qilsa-da, tinmaydigan bizning dehqonni ko‘rib qo‘ying, deb hayqirmaydi ham. U ona yurt tabiatida otash ufurayotgan nafis manzara va uning oniy holatlardagi soniyan suratlarini shu qadar go‘zal, tiniq chizadiki, buni na bo‘yoq, na ohang bilan ifodalash mumkin. Buni faqat so‘z qudrati va jozibasigina bera oladi.