Sahifa yuklanmoqda . . .
Dam - Asarlar - dam so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Kechir seni asray olmadim, Balolardan, zimistonlardan. Hayotingga farishta bo‘lib Kirolmadim meni kechirgil!
Qachon gul ocharkinman, Qachon nur socharkinman. Xudoyim-a, xudoyim, Aytgil o‘zi man KIMMAN? Aytgil o‘zi man KIMMAN?
Kimdir mitti nihol o‘tqazdi yerga, Parvarish ayladi necha tong, shomlar. Yillar zamirida o‘sgan daraxtning Tagiga suv quydi oxir odamlar.
«Ho‘, bola boqmay baloga yo‘liqqur! O‘zing tarbiya ko‘rmagansan-da, bolang ham bola emas, balo! Shilpiqliging yetmaganiday, endi bolangga gap o‘rgatadigan bo‘ldingmi?.. Odamlarda insof degan savil qolmadi, onasidan tortib bolasigacha Xudo urgan-a… Ho‘, “ezma” degan tilingga tirsakkina chiqsin! Shoshmay tur hali, shunday adabingni berib qo‘yayki, ena suting og‘zingga kelsin!..»
Bir ajib hol: mish-mishlarga boqsam, chevrada ko‘zga ilinarli odam qolmabdi. Tasavvur qilyapsizmi, odam yo‘q! Suv bo‘lmasa, qurg‘oqchilik bo‘ladi, narsa bo‘lmasa, yo‘qchilik bo‘ladi, pul bo‘lmasa, kambag‘alchilik bo‘ladi, yemak bo‘lmasa, ocharchilik bo‘ladi, Odam bo‘lmasa-chi?!
Yer yuzida Sho‘rariq degan qishloq bino bo‘lganidan beri bu yerlik bironta odam Jo‘ravoychalik sevinmagan bo‘lsa, ehtimol… Qishloq Qatrontog‘ etagiga yoyilgan, yonidan buralib-buralib katta soy – Sho‘rariq o‘tadi. Soyning boshlanishida, huv tog‘larning ichkarisida, ancha bo‘ldi, ulkan suv ombori qurilyapti.
Menga ikking birdeksan, go‘zal, Men ikkingsiz bo‘lurman ado. Senga juda o‘xshaydi g‘azal, Yo sen unga o‘xshaysan juda.
Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur, Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur. Xali labig'a tutash bo‘lsa, ey ko‘ngul, ne ajab, Ki Xizr chashmayi hayvong'a rahnamoyedur. Yarar bu xasta ko‘ngul dardig'a o‘qin yarasi, Magarki har yarasi yorning davoyedur. Bahor faslidur-u may havosi boshimda, Ayoq tut menga, soqiyki, xush havoyedur. Ul oy raqibg'a bo‘ldi rafiq-u Boburning, Rafiq-u hamdami hajrinda oh-u voyedur.
Singan odam, tuyg‘ulari tingan odam, Singan odam, qismatiga ko‘ngan odam. Siniq kulib, siniqqina ko‘rishadi, Kun ko‘radi, yashamaydi singan odam. Yuribmiz-da, deydi endi o‘g‘il-qiz deb, Qoraqozon yonidagi qorako‘z deb… Men hamisha yoningdaman, ketdik, do‘st, deb, Yelkangga qo‘l tashlamaydi singan odam.
Gulruxi ra’noqadim chun bog‘ tavf aylar borib, Infiolidan guli ra’no qizarib, sarg‘ayib. Yuz shikof etting tanim, yo‘q edi ko‘nglimdan nishon, O‘ylakim o‘t topmag‘aylar kulni har yon axtarib.
Bu g‘azali bilan Hazrat Navoiy asl tasavvufni soxta tasavvufdan himoya qiladi. Chunki shoir sodda, omi odamlar aldanib, o‘zini shayx ko‘rsatib yurgan soxtakor, hiylagar, tamagir kimsalar yetagida yurib, ularga ergashib ketishi jamiyat uchun og‘ir og‘riqlar paydo qilishi, kutilmaganda ijtimoiy-siyosiy muammolar tug‘dirishini juda yaxshi bilgan. Shu bois u shayxlarni avval ikkiga – asl shayxlarga hamda soxta shayxlarga bo‘lib oladi va odamlarni asl shayxlarni soxta (soda) shayxlardan farqlashga chaqiradi.
Ey qaldirg‘och qoshligim, Kel, ahdimiz bir bo‘lsin. Uchta odam bilgan gap Qanday qilib sir bo‘lsin? Tilla uzukka tilla Ko‘z bo‘lmaydi hech qachon. Qiz bolaga qiz bola Do‘st bo‘lmaydi hech qachon.
Olisdagi mahmadana, eski olchoq, Menga qadam tashlamoqni o‘rgatmagin! O‘zingga boq, keyin mayli nog‘ora qoq, Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagin! Tinchlikni deb yurak bag‘ri kuyik el bu, Yaratganning qoshida eng suyuk el bu! O‘tmishi ham, ertasi ham buyuk el bu, Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagin!
Oyday yuragimda dog‘im bor endi, Kulfat o‘zimniki, taskin-daldam yo‘q. Uzoqda ishongan bog‘im bor edi, Suyangan tog‘im yo‘q – endi dadam yo‘q. Ishim yurishmaydi, yo‘lim unmaydi, Duo beradigan toza odam yo‘q. Gugurtcho‘p sinadi, shamim yonmaydi, Nuri ilohim yo‘q – endi dadam yo‘q.
Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi...
Falakning ustidan kim topdi zafar, Yer qachon odam yeb to’yibdi, magar – Meni yemadi deb kekkaya ko’rma, Shoshmay tur, ko’p o’tmay navbating yetar.
Kelmoq qo’lda bo’lsa, kelmasdim bir dam, Ketmoq qo’lda bo’lsa, ketmas edim ham. Juda soz bo’lardi: bu g’amxonaga Kelmasam, turmasam, kelib-ketmasam.
Toatmi yo kufr so’zi – bir nafas, Shak-shubha, haqiqat ko’zi – bir nafas. Shul damni quvonchsiz o’tkazmoq abas, Umrimiz hosili o’zi – bir nafas.
Manzilimiz ekan bevafo olam, Tinmayin istadim kamoli odam. Sening yonog’ingdek oyni ko’rmadim, Qadding misoli sarv topmadim, sanam.
O’z istaging bilan yashaysan bir dam, Shod o’tkaz qilsalar ham senga sitam. Jononlar bilan bo’l, tanang asosi Shamol-u tuprog’-u uchqun ila nam.
Faqat ilm bilan balandmas odam, Ahd-u vafo bilan baland-past odam. So’zi bilan ishi bir kelsa agar, Har narsadan baland, muqaddas odam.
Senga ko’rsatsalar yasog’lik olam, Sen sevma – sevmaydi aqlli odam. Sendeklar bir talay keldi-yu ketdi, Seni olmay turib, olib qol sen ham.
Ishq majoziy esa, oftobi bo’lmas, Kul bosgan olovning hech tobi bo’lmas, Chin oshiqning esa kecha-yu kunduz Oy-u yillar ko’zda dam-xobi bo’lmas.
O’zgartirib bo’lmas ne bitmish qalam, Faqat dil xun bo’lur, tortaversang g’am, Butun umr jigar qonin yutsang ham, Umring uzaytirib bo’lmas biror dam.