Sahifa yuklanmoqda . . .
Alanga - Asarlar - alanga so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Qishloqning markazidagi eski do‘konning yonidan o‘tgan ko‘chada joylashgan hashamatli imorat, bu — Xurmoli qishlog‘ining oqsoqoli Sotimxon degan odamning uyi edi. Sotimxon bo‘ydor, elkalari keng, ustida doim kamzul, boshida do‘ppi, oyog‘ida kovush kiyib, qishloqning to‘-yu marakalarida boshchilik qilardi.
Ilohiy tuyg'uga bezak shart emas. Muhabbatning o'zi go'zal. Chin oshiqlik tilda emas, dilda bo'ladi. Haqiqiy oshiq ma'shuqasining qo'lini tutmoq u yoqda tursin, hatto ko'zlariga tik qaramoqqa, bir so'z demoqqa ham ojiz sezadi o'zini. Sababi oshiqlik - xokisorlikdir. Oshiq ma'shuqasining darajasini hammadan yuqori ko'rganidan unga dil rozini bayon etmoqqa andisha qiladi. U faqat tushlaridagina yor huzuriga borishi mumkin. Biroq tushlar tugasa hamki, oshiqdan bir sado chiqmaydi...
Mazkur she’r muallifning nevarasi Ulug‘bekka atalgan bo‘lib, she’rning yaratilishiga turtki bergan ham shu bolajonning o‘zi. Bahor chog‘i yozuv stolida o‘tirgan lirik qahramonning xayollarini dabdurustdan to‘zitib, xonaga nevarasi kirib keladi. She’r bitilayotgan qog‘ozdan olib, varrak yasaydi va uni osmonga uchiradi. Nevarasining xatti-harakatlarini kuzatib turgan shoira uning ko‘rinishi, qiliqlarida vafot etib ketgan bobosiga o‘xshash jihatlarni ilg‘aydi va beixtiyor aziz xotiralarga beriladi...
Qadim-qadimdan urushlar tufayli qanchadan qancha odamlar qurbon bo‘lgan, ayollar tul, bolalar yetim qolgan, gullab-yashnab yotgan shahar-u qishloqlar kultepaga aylangan. Shuning uchun ham yuragida odamzodga mehr-muhabbat bo‘lgan har qanday inson hamisha janglarga qarshi chiqqan. "Nido" dostonida ham insoniyat boshiga katta kulfatlar keltiruvchi balo - urush qattiq qoralanadi. Asar avtobiografik xarakterga ega...
Mirtemir g'oyat mashaqqatli davrda yashab, shu davrning achchiq tuzidan bebahra qolmagan edi. U butun umri davomida mustabid tuzumning tazyiqini ko‘rib va sezib yashagan. Shuning boisdan uning xastalik kezlarida yozgan ushbu so‘nggi she’rida ifodalangan chuqur mazmunga e’tibor qaratsak, shoirning o‘z dilidagi dard-u armonlari, orzu va havaslarini to‘la bayon eta olmagani kundek ravshan bo‘ladi...