Sahifa yuklanmoqda . . .
Maktab - Asarlar - maktab so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Yoshi oltmishlardan oshgan, gardishi va oynasi qalin ko‘zoynagiyu sarg‘ayib ketsa ham boshidan tushmaydigan Marg‘ilon do‘ppisi bilan qishloqqa taniqli bo‘lgan Tohir domla endi yangi nom bilan odamlarning og‘ziga tushdi: uning to‘qqiz yashar nevarasi to‘p o‘ynatib, antiqa hunarlarni ko‘rsatayotganmish!
Oddiygina ko‘klam kunlaridan birida O‘zbekovul cho‘ponsiz qoldi. Gap shundaki, yigirma yil mobaynida bu kasbni halol va beminnat ado etib kelgan Norboy bobo tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limiga qatnay-qatnay, axiyri bir amallab qarilik nafaqasini to‘g‘rilab oldi-yu, o‘zining ham rosa joniga tegib yurgan ekanmi, ko‘k hangisini shu kunning o‘zida arzon-garovga sotib yuborgach...
Yanguli — suxumilik grek Xrista Aleksandridining oʻgʻli. Choʻpday ozgʻin, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, koʻzlari charosdek qop-qora, qoʻllari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan oʻn toʻrt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd azroilning oʻzi edi. Yanguli otasi bilan Venetsian koʻchasida, Chalbash daryosining boʻyida yashardi. Onasini eslolmaydi — chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yoʻq davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshkoʻk, sut-qatiq sotib kun koʻrishadi. Yanguli hech qayerda oʻqimasdi. Otasining yumushlariga qarashar, ahyon-ahyon eshakda qoʻshnilarga sut-qatiq tarqatar edi…
Tabiat va Odam... Ular asli bir tushuncha. Sababi inson ham asli tabiatning bir bo'lagi. Inson tabiat bag'rida tug'iladi, o'sadi, kamol topadi, vafot etadi. Bobolarimiz aytganlaridek, yerdan yaraldik va o'lganimizda ham yer bizni o'z bag'riga oladi. Shu bois ham tabiatni ona deb ataymiz. Ammo afsuski, ko'p hollarda inson ana shu ona tabiatga qarshi ish tutadi. Hayotning bir adolatli qonuni bor: har bir amal javobsiz qolmaydi. Ezgulik ezgulikni, yovuzlik yovuzlikni taqozo qiladi...
Bu she'r Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlikni targ‘ib etuvchi asarlaridan biri bo'lib, unda shoir maktabning ilm-madaniyat manbai ekaniga alohida e'tibor qaratadi.
Ushbu g‘azalida shoirning mazlum xalq ahvoliga achinishi, uning mashaqqatli hayotidan cheksiz afsuslanishi yaqqol sezilib turadi. Unda shoir o‘zi mansub xalqqa jonini fido qilishga ham tayyorligini ochiq aytadi.
Ushbu she'rda maktabning barcha ezgu jihatlari ulug'lanadi va shoir barchani maktabga borib, ilm olib, ma'rifatga yuzlanishga chorlaydi.
Ushbu g'azal favqulodda teran fikrlarga boyligi, ifodaning kutilmagan tarzda yorqinligi bilan kishini o’ziga tortadi. She’rning lirik qahramoni dunyoni imtihon etishga, "Sayri chamani jahon" etib ketishga chorlanadi. Asarning eng yuqori nuqtasida shoira "Sen dunyoga nima uchun kelding?! Buni amalda ko'rsatib ket!" deya xitob etadi...