Sahifa yuklanmoqda . . .


Maktab haqinda

Biling, o’g’lonlarim, sizlarni g’amdan qutqarur maktab,

Siroti mustaqim, rohi adamdan qutqarur maktab,

Maishat bobida ranju alamdan qutqarur maktab,

Hayotu ruha dushman jahli samdan qutqarur maktab,

Qo’lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab.

Shahodatnomai firdavsi g’ilmonni berur maktab.

 

Taraddud birla doim dur oling daryoi maktabdan,

Tering jon rastasig’a xo’b zabarjadhoyi maktabdan,

Topar maqdudini har kim qidirsa loyi maktabdan,

Umidim shul, jo’juqlar, uzmasanglar poyi maktabdan

Qo’lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomai firdavsi g’ilmonni berur maktab.

 

Jahonda barcha ne’matdan laziz ilm o’lmasa, nedir,

Hunar bog’ida tubi qad aziz ilm o’lmasa, nedir,

Nasimi mushki totori tamiz ilm o’lmasa, nedir,

Gulob, tarbiyati jahli mariz ilm o’lmasa, nedir.

Qo’lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomai firdavsi g’ilmonni berur maktab.

 

Hama xursandlikni ma’danidur ilm, ey o’g’lon,

Hama fazlu karamni manbaidur ilm, ey o’g’lon,

Hama xo’blarni xo’bin maskanidir ilm, ey o’g’lon,

Hama islom elini masnadidur ilm, ey o’g’lon,

Qo’lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomai firdavsi g’ilmonni berur maktab.

 

Takabburlar qatorida havog’a bo’lmasang mag’rur,

Dutoru tanburu changu navog’a bo’lmasang mag’rur,

Taraddud vaqtida bazmu kazog’a bo’lmasang mag’rur,

Bo’lib hajrida Hijron mahliqog’a bo’lmasang mag’rur,

Qo’lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomai firdavsi g’ilmonni berur maktab.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Yanvarda yuklangan

1566 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
maktab o'g'lon g'am ranj alam hayot ruh dushman jahl qo'l muhr sulaymon shahodatnoma dur daryo jon loy umid jahon ne'mat ilm bog' tarbiya xursandlik fazl karam maskan islom takabbur havo navo hijron
Muallif
Abdulla Avloniy

Abdulla Avloniy

(1878-1934) O’zbek dramaturgiyasi va teatrining, yangicha maorifi va matbuotining asoschilaridan. «Hijron» taxallusi bilan she’rlar bitgan, bir qator yangicha darsliklar yozgan. Noshir, tarjimon, elchi, muallim. Serqirra ijodining barcha namunalari xalqni yuksak ma’rifat va ezgu amallarga chorlovchi g’oyalar bilan yo’g’rilgan.

Batafsil


Yangi Musaddaslar Abdulla Avloniy Musaddaslari Abdulla Avloniy asarlari