Sahifa yuklanmoqda . . .

Farhod - Asarlar

Farhod - Asarlar - farhod so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Hikmatni ko‘p ko‘rdim bu dahri dunda — Kulgili bo‘lmasmi bir sirni ochsam. Quyosh tomon yursam — soyam ortimda, Soyam oldindadir quyoshdan qochsam.

900
She'r
Usmon Azim

Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo‘ldim, Demon bexonumon, ovvorayi ikki jahon bo‘ldum. Labing gar bermasa bo‘sa nechuk jon elta olg'aymen, Bu yo‘ldakim, adam sahrosig'a emdi ravon bo‘ldum. So‘rub ul oy labidin og'zining ramzini angladim, Bir og'iz so‘z bila ko‘rungki muncha xurdadon bo‘ldum. Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko‘rsattim, Vale oxir malomat o‘qlarig'a-o‘q nishon bo‘ldum. Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig'a, Bu Shirindurki oning birla-o‘q hamdoston bo‘ldum. Visoling davlatig'a yetmasam Bobur kibi, ne tong, Ki hajring mehnatida asr-u zor-u notavon bo‘ldum.

1213
Yakpora g'azal
Zahiriddin Muhammad Bobur

Ne xush bo‘lg'ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg'otsam, Kechalar tori mo‘yidek belig'a chirmashib yotsam. Gahi guldek yuzini ul shakar so‘zlukni islasam, Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la'lidin totsam. Qani Shirin bila Layliki sendin noz o‘rgansa, Qani Farhod-u Majnunkim, alarg'a ishq o‘rgatsam. Yoruq kunduz, qorong'u kechada anjum kibi bo‘lgay, Chekib gar oh dudini ko‘ngul o‘tini titratsam. Ko‘zum ravshanlig'ida bo‘lg'ay, Bobur, base kamliq, Agar qoshi bila yuzun hilol-u kunga o‘xshatsam.

847
Yakpora g'azal
Zahiriddin Muhammad Bobur

Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas, Kim, ul oyning hajri ham avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas. Ne sitamkim, rahmi maxfi erdi zimnida, Emdi qilsa har sitam, avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas.

2302
Yakpora g'azal
Alisher Navoiy

Sho‘x ikki g‘izolingni noz uyqusidin uyg‘at, To uyqulari ketsun, gulzor ichida o‘ynar. Tishlabki, soching o‘rdung, ochkanda parishon qil, Ofoq savodinda jon royihasin butrat.

1909
Yakpora g'azal
Alisher Navoiy

Ushbu g'azal Ogahiy she'riyatining badiyati darajasini yaqqol ko'rsatib beruvchi asarlar sirasiga kiradi. Bir qaraganda, bu she'r sof ishqiy lirikadek taassurot uyg'otsa-da, uning qatiga chuqurroq kirib borar ekanmiz, ko'ramizki, unda falsafa ham, axloq ham, ijtimoiyot ham, hatto siyosat ham bor. Biroq yetakchi ohang baribir ishqdir.

24875
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

Mazkur asar hazrat Navoiy g'azaliga bitilgan muxammasdir. Munis hazrat Navoiyni o'ziga ulug' ustoz deb bilgan va butun hayoti davomida qalbida hazrat siymosiga chuqur hurmat va ehtirom saqlagan. Kimsan Navoiy asariga taxmis bog'lash ijodkordan anchayin katta iste'dod va mahoratga ega bo'lishni talab etadi. Munis mazkur muxammasni bitishi orqali o'z iste'dodining ko'lamini namoyish etdi.

321
Taxmis muxammas
Shermuhammad Munis

Shoir ushbu g’azalida ma’shuqa achchiq-tiziqlaridan, nozlaridan hayratga tushgan oshiq holatini ifoda etadi. U yor g’azabiga duchor bo’ldi, lekin aybi ne ekanini bilmaydi. Shu bois uni savollar qiynaydi. Oshiq o’zini gunohkor sanaydi. Ammo aybi nimadaligidan xabari yo’q. U ma’shuqa meni rashk etayotirmikan degan o’yga boradi. Lirik qahramon -chorasiz, u ishq yo’lida qurbon bo’lishga tayyor. Shu bois qay tarzda, qanday yo’l bilan o’ldirilishi uni ko’pda qiziqtirmaydi. Uning jon saqlash uchun yor qoshidan ketgisi yo’q...

2097
Yakpora g'azal
Atoyi

Qadim zamonda bir podshohning qizi bo‘lgan ekan. Qizning oy desa og‘zi, kun desa ko‘zi bo‘lib, kulsa og‘zidan gullar to‘kilar, yursa oyog‘idan tilla sochilar ekan. Qiz gulbog‘da qirq qizlari bilan sayr etib yurar ekan. Nima uchundir qiz yoshligidan beri doimo g‘amgin ko‘rinar ekan. Qirq qiz Shirinning har qancha ko‘nglini olish uchun urinsalar ham o‘ynab-kulib, ochilib yurmas ekan...

1969
Hayotiy-maishiy ertak
Xalq og'zaki ijodi