Sahifa yuklanmoqda . . .
Bo'l - Asarlar - bo'l so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Mayda tashvishlarda maydalandim men — Ming taraf yugurdi mingta bo‘lagim. Eski yo‘llarimda qaytalandim men — Tilagim to‘zidi, toldi yuragim.
Bizlar bo’lmasak ham, jahon bo’lg’usi, Bizlardan na nom-u nishon bo’lg’usi. Avval-ku yo’q edik – yetmovdi xalal, Yana bo’lmasak ham, hamon bo’lg’usi.
Bozorda bir kulol ko’rsatib hunar, Bir bo’lak xom loyni tepib pishitar. Loy ingrab aytadi: “Hoy, sekinroq tep, Men ham kulol edim sendek, birodar”.
Butun borliq mo'jiza. Tabiat o'z bag'riga ne-ne sinoatlarni berkitmagan deysiz. Har yil unda qanchadan qancha gul-u giyoh unib-sunadi, fasllar almashadi, kecha kumush qor bag'rida sokin orom olgan tog'-u toshlar bugun yana gullarga burkanadi. Har yil soyda qanchadan qancha suvlar oqib o'tadi. Bularning bari behikmat-behuda emas. Ularning barchasi o'zgarmas qoidaga - Oliy Qonunga bo'ysunadi.
Shoir xalqi juda ta'sirchan, juda hassos bo'ladi. Ular bu dunyoning baland-u pastliklari aro kezib, bir so'z izlashadi. Bir so'zki, yuragini tarjima etmoqqa qodir bo'lsa. Bir so'zki, hislari zalvorini ko'tarsa. Bir so'zki, o'ziga butun dunyoni jo etsa. Kimdir quyosh, kimdir yulduzga maftun bo'lib, baytlar bitgan bir damda bizning lirik qahramon nechundir yerni tanlaydi. Nega? Buni uning o'zi shunday izohlaydi...
Ushbu she'rda buyuk bir muhabbat tarixi yoritilgan. Ayol muhabbati... Qalbidagi ishq to'fonini, yuragidagi ishq otashini barchadan yashirgan, hatto yorning o'zidan ham pinhon tutgan ayolning matonat va sabotga yo'g'rilgan pokiza tuyg'ulari bilan tanishar ekansiz, beixtiyor muallif qalbiga qalban yaqinlik tuyasiz. Mayda tashvishlarga ko'milib yashayotganimiz bu dunyoda ana shunday buyuk dardlar yukini ko'tarib jimgina yashayotgan odamlar borligiga iqror bo'lasiz.
Bu ruboiyda shoirning tanti shaxsiyati bo’rtib ko’rinib turibdi. U hayot haqida falsafiy o’y surmaydi, balki ko’ngil istaklarini samimiy izhor etadi. Ko’nglining mayllari shu qadar yuksakki, u boshqa ko’ngillarga ham o’tib qoladi. Chindan ham inson umri yillarning uzunligi bilan emas, balki erishilgan maqsadlar bilan o’lchanadi. Maqsadi bo’lsa-yu unga erisholmasa, inson hayotining mazmuni xiralashadi.
Har bir inson hayoti bir hikoya va u har qanday buyuk yozuvchining hikoyalaridan ko'ra qiziqroqdir. Sababi hikoyalar ko'pincha muallif tomonidan o'ylab topilgan bo'ladi. Inson taqdiri esa Alloh tomonidan bitilgan. Shu bois har bir inson taqdiri betakror. Ushbu asarda ham hech kim e'tibor bermaydigan oddiygina bir insonning hayratomuz taqdiri hikoya qilinadi.
Shodlik va baxt kuychisi Hamid Olimjonning „Xayolimda bo’lding uzun kun...“ she’ri yuksak san'atkorlik va badiiy did mahsuli bo'lib,unda poetik kashfiyotni ko‘ramiz, uning mutanosibligidan, qalb torlarini sehrli tebratishidan hayajonga tushamiz, „hiylagar oy, sehrgar dilbar kimnidir yodimizga solib qo‘yganidan“ huzur va soginch tuyamiz.