Sahifa yuklanmoqda . . .

Tuproq - Asarlar

Tuproq - Asarlar - tuproq so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni guldek erkalagan chaman uchun. Osmonlarda yurgan bo‘lsang, tuproqqa qayt, Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun? Ko‘zi qora, yuragi oq shu el uchun, Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun, Ulug‘ inson boshlab bergan shu yo‘l uchun, Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?

76
She'r
Iqbol Mirzo

Avliyolar, daholarning beshigisan, Naqshbandlar topgan jannat eshigisan. Tiriklikning navosi ham qo‘shig‘isan – Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh, O‘zbekiston, ota makon, ona tuproq!

54
She'r
Iqbol Mirzo

Sevmading san, dilitoshim, Dilimga cho‘kdi qo‘rg‘oshin. Ko‘zimdan toshdi ko‘zyoshim, G‘amkash buloq sevmish mani. Sevmading san, yetolmasdan Sanga termuldim olisdan. Haddan ziyoda yolg‘izman, Netay, tuproq sevmish mani.

35
She'r
Iqbol Mirzo

Yoshlikda biz – shogird, o’zgalar – ustod, So’ngra ustod bo’lib dilni etdik shod. Oxiri qayerga yetishdik desang, Tuproqdan chiqiboq bo’libmiz barbod.

94
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Ariq labidagi har giyoh, ko’kat, Malakday go’zalning yuzidagi xat. Bu sabza loladay yuzlar tuprog’i Sabzaga avaylab oyoq qo’y g’oyat.

33
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

O’z istaging bilan yashaysan bir dam, Shod o’tkaz qilsalar ham senga sitam. Jononlar bilan bo’l, tanang asosi Shamol-u tuprog’-u uchqun ila nam.

44
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Do’st-u yaqinlarim bir-bir ketdilar, Ajaldan tuproqqa kirib bitdilar, Umr majlisida ichdik bir quri, Avvalroq mast bo’lib bari yitdilar.

49
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Xushvaqt bo’l, g’ussaning cheki yo’q biron, Bu charx yulduzlarga soladi qiron, Sening tuprog’ingdan yasalgan g’ishtlar Bo’lar o’zgalarga manzil-u makon.

40
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

O’lsam, tuprog’imni gum qiling, mayli, Mardumga ibrati shum qiling, mayli, Xokimni may bilan qorib, loy qilib, Xum boshiga g’isht yo xum qiling, mayli.

41
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Bu qabrdagilar bo’lmishlar tuproq, Zarra-zarra bo’lib yotishar tarqoq, Oh, bu qanday sharob ekan, uni ichganlar Qiyomatga qadar es-hushdan avloq?

49
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Tuproqda yotishar uyqu bosib ho’p, Yer ostida nihon misoli bir cho’p, Yo’qlik sahrosiga boqibon ko’rdim Unda kelganlar-u kelmaganlar ko’p.

52
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Ajal bosh egdirsa, bo’lmasa chora, Dastidan tan-u dil bo’lsa yuz pora, Tuprog’imdan faqat ko’za yasangiz, Mayning hidi tegib, tirilsam zora.

1
41
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Bir ko’za keltirgil, bo’lsin bezarar, O’zing ich, menga ham uzat barobar, Davron o’z izidan aylanib, oxir Tuprog’imiz ko’za qilur ko’zagar.

42
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Jasorat ko’rsatib yashagil bebok, Boda ichgil, u ham bo’lsin otashnok, Yaratilmish eding boshda tuproqdan, Inkor etma, oxir bo’lajaksan xok.

56
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Bu Momo Havodan ularga odat: Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin O`psa faqat shamol o`par yuzlarin. Bu Momo Havodan ularga odat: Nozik belda qirqta kokili qavat, Silasa yomg`irlar silaydi faqat, Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin — Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin...

58
She'r
Muhammad Yusuf

Har kimning ham sochlariga oq tushsin, Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin. Har kimning ham quvvat ketib belidan, Qo`llariga aso — bir tayoq tushsin. Iymoni sof, yuzga kirib yorug` yuz, To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin. Jismiga so`nggi safar oldidan O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin...

85
She'r
Muhammad Yusuf

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni, Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib, Kunimizga yaragansan o`zing bizni. Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!.. Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib, Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga...

82
She'r
Muhammad Yusuf

Orazi gul, husni hilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Arsh arkida sulton o`zi, Beaybu benuqson o`zi. Poyiga cho`k, ul Zuljalol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…

64
She'r
Muhammad Yusuf

Tuzalmaydi dardim mening, O`lsam kerak. Tuproq bilan og`a-ini Bo`lsam kerak. O`lim nima? Bu ham bitta Sayr, Ona. O`g`ling qaro yerga ketdi, Xayr ona… Tuzalmas bu dardim mening, Umidim yo`q. Xira shamdek ko`zlarimda So`nmoqda cho`g`. Cho`g nimadir? Cho`g` ham tutab, Kul bo`ladi. Inson bir kun o`z mayliga  Qul bo`ladi…

63
She'r
Muhammad Yusuf

Lolaqizg'aldoq - eng go'zal va nafis gul. Lolaqizg'aldoq - bag'ri qon ayol. Garchi bu she'r Shavkat Rahmon tilidan uning oila a'zolariga bag'ishlab yozilgan bo'lsa-da, unda Muhammad Yusufning ham o'z qismati ko'rinadi. She'rdagi dard, iztirob yuki shu qadar og'irki, uni o'qigan kitobxon tabiiy ravishda lirik qahramon dardini his qiladi va qalbida unga hamdardlik hissini tuyadi...

122
She'r
Muhammad Yusuf

Vatan haqida yozilgan she'rlar juda ko'p, ammo ular orasida Muhammad Yusuf she'rlari o'zining soddaligi, samimiyligi, dilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Ushbu she'rning lirik qahramoni ham Vatanini shunchaki sevmaydi, balki yurak-yuragidan bir insoniy muhabbat bilan sevadiki, u Rimni bedapoyaga, Parijning eng go'zal restoranini esa yurtining bitta tandiriga ham almashmaydi...

176
She'r
Muhammad Yusuf
Muhammad Yusuf

Dunyo yaralgandan so’ng Loydan tiklandi vujud Va unga jo aylandi Muhabbat, mehr, sukut. Farishtalar ta’zimga Saf tortishdi osmonda. Shundanmi, go’zal hislar Paydo bo’ldi Insonda. Ming yillar o’tib ketdi, Avlod to’ldi zaminda. Kimni ko’rsam, bir g’alat His jo’shar yuragimda...

47
She'r
Saodat Fayziyeva

Tim qora osmonning oqardi yarmi, Yulduzlar singidi, izi qolmadi. Tanish daqiqalar, lahzalar seni Eslashimga sabab bo‘la olmadi. Olis qit'alarga cho‘zilgan yo‘llar, Yillar xayolimdan o‘tmaydi bu kun. Ayt menga, sershovqin, sovuq dunyoda Nima eslamoqqa arzishi mumkin? Tuproqday sochilgan qismatlarnimi,  Balki ilk odamzot bo‘lganin paydo?..

51
She'r
Oygul Asilbek qizi

Doim yonma-yonmiz, hamroh kimdirga,  Kunning tonglarida, kechalarida.  Shahar yo‘llarini to‘ldirib birga,  Yolg‘izmiz umrimiz ko‘chalarida.  Gavjum bozorlarda, hiyobonlarda,  Tirband yo‘laklarda yonma-yon yurib.  Ulkan daryo kabi shovqin-suronda,  Qaylarga oqamiz turtib-turtinib.   Havo qorishtirar nafasimizni,  Izimizni yaqin qiladi tuproq...

48
She'r
Oygul Asilbek qizi