Sahifa yuklanmoqda . . .
Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing
O’lsam, tuprog’imni gum qiling, mayli,
Mardumga ibrati shum qiling, mayli,
Xokimni may bilan qorib, loy qilib,
Xum boshiga g’isht yo xum qiling, mayli.
Ulug’ faylasuf, shoir, munajjim, matematik va tabib bo’lgan G’iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Eronning Nishopur shahrida tug’ilgan. Aniq fanlar sohasida o’z davrining yagonasi bo’lgan olim tomonidan tuzilgan taqvim, manbalarning yakdillik bilan guvohlik berishicha, amaldagi Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Uning riyoziyot, ilmi nujum va falsafaga oid bir qancha asarlari bizgacha yetib kelgan.