Sahifa yuklanmoqda . . .

- Asarlar

- Asarlar - so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Bir so’ngakka sordek qanoat qilg’on, Afzaldir nokasga bo’lgandan mehmon, Nokasning shinnilik nonidan yaxshi O’zing topib yegan burda arpa non.

36
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Yo Rab, asir dilimga rahmat bag’ishla, Siynam - g’am sohilimga rahmat bag’ishla, Mayxonaga yugurgan oyog’im kechir, Qadahgir qo’limga rahmat bag’ishla.

38
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

G’urur libosini yechibon tezroq, Suratingga emas, siyratingga boq, Mag’rurlik dilingda bo’lmog’i darkor, Uvadada sulton nog’orasin qoq.

39
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Kechagi kuningni aylamagil yod, Ertang kelmay turib etma ko’p faryod, O’tgan, kelmaganga qayg’urmoqni qo’y, Quvnoq bo’l - umringni qilmagil barbod.

58
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Dardga chalinmish bu dili vayronam, Ishqdan uyg’onmadi sarmast jononam, Oshiqlik sharobin berganlari kun, Jigarim qoni-la to’ldi paymonam.

39
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

So’zimga quloq os, ey do’sti a’lo, Dunyo ishlarini o’ylama aslo, Qanoat go’shasin aylabon makon, Olam ishlarini qilgil tomosho.

70
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Tangri, o’zing shunday yaratding meni, May-u cholg’uchiga qaratding meni, Azalda shu xilda yaratib qo’yib, Nechun do’zaxingga qulatding meni?!

43
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Vujudimizgaki, ne naqsh solibsen, Yuzlab ajoyibot bizdan olibsen, Men bo’la olmayman bundan yaxshiroq, Yasashda sen o’zing shundoq qilibsen.

34
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Koshki umid shoxidan meva terolsam, Yo kalavam uchini topib berolsam, Bu vujud zindonidan yo’qlik soriga Eshik ochib, qadamim dadil qo’yolsam.

35
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Shod bo’l, senga solmish savdoni azal, Xohishingdan o’zga g’avg’oni azal, Taqdiringni kecha aniqlaganlar, Qissam ne, yozgach bu qazoni azal.

33
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Ko’zagardan ko’za olgandim bir kun, Bir so’z deb chiqardi ko’za sirli un: Shoh edim, qo’limda oltin jom edi, Xumor boshli ko’za bo’libmen bugun.

49
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Bir ko’za keltirgil, bo’lsin bezarar, O’zing ich, menga ham uzat barobar, Davron o’z izidan aylanib, oxir Tuprog’imiz ko’za qilur ko’zagar.

32
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Shuhrat topsang, kishilar hasadi yomon, Yolg’iz qolsang, sendan qilishar gumon, Hizr bo’lsang hamki, hech kimni bilma, Seni ham bilmasain, mayli, biror jon.

41
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Jasorat ko’rsatib yashagil bebok, Boda ichgil, u ham bo’lsin otashnok, Yaratilmish eding boshda tuproqdan, Inkor etma, oxir bo’lajaksan xok.

36
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Bir g’arib ko’nglini qila olsang shod, Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod, Lutfing-la bir dilni qul qila olsang, Afzaldir yuz qulni qilmoqdan ozod.

190
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Bir kosa sharob-la ko’nglimni shod et, Na o’tmish, na kelmish kuningni yod et, Zindoniy qilingan omonat jonni Aqlning bandidan lahza ozod et.

61
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Qayda kamol topding, jononam, o’zing? Oyni uyaltirar tunda yulduzing, Bazm uchun yuzlarin bezar go’zallar, Jahon bazmin bezar bir sening yuzing.

49
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Ey bodayi xushbo’y, o’xshaysan gulga, Ammo dil gavharin berasan qo’lga. Kim ichsa, omonlik topmaydi sendan, Aql ko’zin bog’lab, solasan yo’lga.

35
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Qo'ygan tuzog'ingga to'liq bu olam, Ilinamiz qayga tashlasak qadam, Sening hukmingsiz-ku siljimas zarra, Nechun men osiy-u, joyim Jahannam?..

46
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Kechagina qishloqdagi qizlarning bari Menga sirli qoshlar qoqib qarashardi.  Qarashmasa, uylariga tunda borib, Toshlar otib qochar edim, yarashardi. Sahargacha atrofida aylanishib, Dilxun uyga qaytar edim,bilishardi. "Kimni kutib turibdi bu yigitcha",deb, Devor osha mo'ralashib kulishardi...

303
She'r
Muhammad Yusuf

Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo, O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek. Boshqa millatlarni bilmadim, ammo, Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek! O'nta bo'lsa o'rni boshqa uning-chun, O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun. Qizim parilardan chehrasi gulgun, Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek!..

1918
She'r
Muhammad Yusuf

Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon, Bir jismimda talashadi ikki jon. Jon talashsam, tepamda charx urgan ul, Kapalaklar odamlardan mehribon… Oqqushlarim, oq yomg’irda ucharlar, Saharlardan shudring-sharob icharlar. Tanlamayin qabrlarni qucharlar, Kapalaklar odamlardan mehribon…

3451
She'r
Muhammad Yusuf

Ma’yus kunim ko‘zim tushsa,  Kuyar osmon, tushunmaysan.  Meni samo tushungaydir,  Sen, ey inson, tushunmaysan.. Kuyib ko‘ksim o‘tar bo‘lsam,  Oqar bo‘lsam, ketar bo‘lsam,  Meni daryo tushungaydir,  Sen, ey ummon, tushunmaysan...

324
She'r
Muhammad Yusuf

Osmon yerga engashib,  Bulut sog'di kun bo'yi,  Yolg'onchi yor to'yida Yomg'ir yog'di kun bo'yi. Yomg'ir emas, bu xalqob Kelinchak ko'z yoshidir.  Yig'lama yor, qiz bola Palaxmonning toshidir...

155
She'r
Muhammad Yusuf