Sahifa yuklanmoqda . . .
Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing
Bir kosa sharob-la ko’nglimni shod et,
Na o’tmish, na kelmish kuningni yod et,
Zindoniy qilingan omonat jonni
Aqlning bandidan lahza ozod et.
Ulug’ faylasuf, shoir, munajjim, matematik va tabib bo’lgan G’iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Eronning Nishopur shahrida tug’ilgan. Aniq fanlar sohasida o’z davrining yagonasi bo’lgan olim tomonidan tuzilgan taqvim, manbalarning yakdillik bilan guvohlik berishicha, amaldagi Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Uning riyoziyot, ilmi nujum va falsafaga oid bir qancha asarlari bizgacha yetib kelgan.