Sahifa yuklanmoqda . . .

Hamid Olimjon She'rlari

Hamid Olimjon She'rlari - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Muhabbat-ul u'zi eski narsa, Lekin har bir yurak Oni yong'orta... Hodi Toqtosh Har yurakning bir bahori bor,

1695
She'r
Hamid Olimjon

Shag'irlaydi betinim daryo, Shag'irlaydi vahm to'lgan jar, Shag'irlaydi qorong'i dunyo, Shag'irlaydi vodiy, daralar. Shag'irlaydi... Bermaydi uyqu,

1247
She'r
Hamid Olimjon

Eng gullagan yoshlik chog'imda, Sen ochilding ko'ngil bog'imda. Shunda ko'rdi ko'zim bahorni, Shunda qalbim tanidi yorni.

7305
She'r
Hamid Olimjon

Qaydan kelding, fikrimni bo‘lding, Nega etding meni parishon? Nega buzding munis holimni, O’ylarimni nechun bemakon? Ehtiroslar, hislar, yonishlar O’lkasini kezardi xayol,

859
She'r
Hamid Olimjon

Sen bo'lmasang, shu och to'lqinlar Ko'rinmasdi sira ko'zimga, Sen bo'lmasang o'zimning ko'nglim Kirmas edi aytgan so'zimga. Sen bo'lmasang, etmasdi xursand Suv ustida suzib yurgan oy. Hamisha sho'x, doimo baland,

780
She'r
Hamid Olimjon

Na bo'lg'ay bir nafas men ham yonog'ing uzra xol bo'lsam, Labing yaprog'idan tomganki go'yo qatra bol bo'lsam. Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar, O'pib g'unchangni ochmoqliqqa tong chog'i shamol bo'lsam.

1770
She'r
Hamid Olimjon

Shodlik va baxt kuychisi Hamid Olimjonning „Xayolimda bo’lding uzun kun...“ she’ri yuksak san'atkorlik va badiiy did mahsuli bo'lib,unda poetik kashfiyotni ko‘ramiz, uning mutanosibligidan, qalb torlarini sehrli tebratishidan hayajonga tushamiz, „hiylagar oy, sehrgar dilbar kimnidir yodimizga solib qo‘yganidan“ huzur va soginch tuyamiz.

2616
She'r
Hamid Olimjon

Hamid Olimjon 1942-yilda «Muqanna» she’riy tragediyasini tugatganidan keyin o‘sha kezlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tashkil etilgan musiqali drama teatri uchun mazkur asarning musiqiy nusxasini tayyorlab bergan va bu asarga aruz vaznida bitilgan bir qancha g‘azallarni kiritgan. «Kuygay» g‘azali ham «Muqanna» musiqali dramasi uchun yozilgan qo‘shiq matni bo‘lib, u spektaklda Guloyin va Muqannaning dueti tarzida ijro etilgan.

617
She'r
Hamid Olimjon

She’r hozirgi O‘zbek Milliy teatri sahnasida «Hamlet» spektaklining qo‘yilishi munosabati bilan 1936-yilda yozilgan. O‘zbek sahnasining go‘zal yulduzlaridan biri Shohida Mahzumova mazkur spektaklda Ofeliya obrazini shunday qoyilmaqom qilib yaratgan ediki, Hamid Olimjon, shoira Zulfiyaning aytishicha, uning ijrosidan uzoq vaqtgacha qattiq hayajonda yurgan. Ammo she’rni o‘qir ekanmiz, unda ijrochini emas, balki Ofeliyaning o‘zini butun go‘zalligi, dardlari, armonlari va fojiasi bilan ko‘rgandek bo‘lamiz.

1002
She'r
Hamid Olimjon

She'rning yozilish tarixi shunday: 1937-yilning mart oyida Hamid Olimjon O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi tarkibida Qozog‘istonga borgan. Bu paytda Olma-ota qalin qor gilami ostida, chirsillama qish havosi bilan nafas olayotgan edi. Shuning uchun ham mart oyining so‘nggi kunlarida Toshkentga qaytgan shoir o‘z hovlisidagi bir tup o‘rikning chaman bo‘lib ochilib turganini ko‘rib, ilhom og‘ushiga g‘arq bo‘ladi: Derazamning oldida bir tup O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...

32765
She'r
Hamid Olimjon