Sahifa yuklanmoqda . . .


So‘zingning sharpasi tekkanda...

So‘zingning sharpasi tekkanda olam bob, bob kuygay,

Dengizlar, daryolar, hattoki ko‘llarda hubob kuygay.

 

Kamondek qoshlaring, kipriklaringdin o‘q otar doim,

Sening yoding bilan tinmay hama noz-u itob kuygay.

 

Yonib ishqingda qalbim kulga aylansa ajab ermas,

Ko‘zing osmonga tushganda lovullab oftob kuygay.

 

Olay toqatni qaydin ko‘zingga hech qarolmayman,

Tushibdir uchquning bag‘rimga go‘yoki kitob kuygay.

1943


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2016, 24-Dekabrda yuklangan

142 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kuygay itob olam so'z dengizlar daryolar ko'llar bob sharpa hubob
Muallif
Hamid Olimjon

Hamid Olimjon

Iste’dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang‘ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923—1926), so‘ng Pedakademiyada (1926— 1931) o‘qidi. Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’riyatga qiziqdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi. Hamid Olimjonning «Ko‘klam» nomli ilk she’riy to‘plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar» (1931), «O‘lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi.

Batafsil


Yangi She'rlar Hamid Olimjon She'rlari Hamid Olimjon asarlari