Sahifa yuklanmoqda . . .


O'rik gullaganda

Derazamning oldida bir tup

O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...

 

Novdalarni bezab g‘unchalar

Tongda aytdi hayot otini

Va shabboda qurg‘ur ilk sahar

Olib ketdi gulning totini.

 

Har bahorda shu bo‘lar takror,

Har bahor ham shunday o‘tadi.

Qancha tirishsam ham u beor

Yellar meni aldab ketadi.

 

Mayli deyman va qilmayman g‘ash,

Xayolimni gulga o‘rayman,

Har bahorga chiqqanda yakkash,

Baxtim bormi, deya so‘rayman.

 

Yuzlarimni silab-siypalab,

Baxting bor, deb esadi yellar.

Etgan kabi go‘yo bir talab,

Baxting bor, deb qushlar chiyillar.

 

Hamma narsa meni qarshilar,

Har bir kurtak menga so‘ylar roz.

Men yurganda bog‘larga to‘lar

Faqat baxtni maqtagan ovoz:

 

«Mana senga olam-olam gul,

Etagingga siqqanicha ol.

Bunda tole har narsadan mo‘l,

To o‘lguncha shu o‘lkada qol.

 

Umrida hech gul ko‘rmay yig‘lab

O‘tganlarning haqqi ham senda.

Har bahorni yig‘lab qarshilab

Ketganlarning haqqi ham senda...»

 

Derazamning oldida bir tup

O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...

1937


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2016, 24-Dekabrda yuklangan

19413 marta ko'rildi

19 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
o'rik baxt deraza tup oppoq gulladi gul olam gullar qushlar bahor
Muallif
Hamid Olimjon

Hamid Olimjon

Iste’dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang‘ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923—1926), so‘ng Pedakademiyada (1926— 1931) o‘qidi. Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’riyatga qiziqdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi. Hamid Olimjonning «Ko‘klam» nomli ilk she’riy to‘plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar» (1931), «O‘lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi.

Batafsil


Yangi She'rlar Hamid Olimjon She'rlari Hamid Olimjon asarlari