O'qidim go'zal hikmat:
"Sizning yaxshilaringiz -
Ahli ayoli bilan
Yaxshi bo'lganlaringiz".
So'kinib jaranglatdi,
Erim o'z xonasini:
-Hoy, ruchkamni kim oldi?
He, o'sha, onasini...
Bolani qarg'amang,
Duo qiling bolani.
"It", "Eshak" deb so'kishga,
Hayo qiling, bolani.
Rosululloh derdilar,
Yuzlaridan yog'ib nur:
"Bolalar bu - jannatning
Gul-u rayhonlaridir"...
Quyilmadi hech erim,
Ichim to'la o'kinish.
Ellik yoshdan oshsa ham,
Araq, ishrat, so'kinish.
Shunday bezor bo'ldimki,
Zirillardim kelsa ham.
Xafa bo'lmasdim, agar
Javobimni bersa ham...
Yanguli — suxumilik grek Xrista Aleksandridining oʻgʻli. Choʻpday ozgʻin, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, koʻzlari charosdek qop-qora, qoʻllari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan oʻn toʻrt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd azroilning oʻzi edi.
Yanguli otasi bilan Venetsian koʻchasida, Chalbash daryosining boʻyida yashardi. Onasini eslolmaydi — chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yoʻq davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshkoʻk, sut-qatiq sotib kun koʻrishadi. Yanguli hech qayerda oʻqimasdi. Otasining yumushlariga qarashar, ahyon-ahyon eshakda qoʻshnilarga sut-qatiq tarqatar edi…
O‘zbek qishloqlari hamisha to‘kinlik va saxovat ramzi bo‘lgan. Qishloqqa borgan odam hech qachon e’tiborsiz qolmaydi. Mehmonni otaday ulug‘lash, unga bor mehrini berib, ehtirom ko‘rsatish qishloqlarimizda azal-azaldan qolgan udum. Har bir xonadon egasi uyiga kirgan qo‘noqni tansiq taomlar bilan siylashga harakat qiladi, borini mehmonning oldiga to‘kadi. Mazkur she’rda ham shoir qishloqning o’ziga xos qiyofasini chizadi.