Sahifa yuklanmoqda . . .

Qir - Asarlar

Qir - Asarlar - qir so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Mazkur she'r falsafiy ruhda bitilgan bo'lib, unda shoir insonning hayotiga aslida nima xavf solishi haqida teran mulohaza yuritadi. Uning fikriga ko'ra, "Inson o'lmas biri birining o'lishiga bermasa yordam". Nega shunday? She'rni o'qigach, buni o'zingiz bilib olishingiz mumkin.

3368
She'r
Erkin Vohidov

Bu she’r ham bolalik xotiralari bilan hayotiy kuzatishlarning uyg‘unligi asosiga qurilgan. Lirik qahramon – yosh yigitcha, chor atrofda bahoriy iliqlik kezgan nahor pallasi - erta tongda qishlog‘idagi jar ustiga qurilgan osma ko‘priklardan o‘tib, o‘t-o‘lanlari toptalmagan qirlariga oshiqadi. Undagi ko‘katlar bargida, nihollar kurtagida, g‘o‘za yaproqlarida inj-u dur-marvarid misol yaltirab, jilvalanib turgan shudringni kuzatadi…

2362
She'r
Mirtemir

Mazkur she’rda lirik qahramon suv bo‘yida baliqlarning suzib, o‘ynoqlashini tomosha qilib o‘tirarkan, biror kattaroq baliqni ushlash ilinjida suvga non ushoqlarini tashlaydi. Buni ko‘rib toshlar orasiga bekinib yotgan baliqlar suzib keladi. Bolaning mo‘ljali ulkan baliqni tutib buvisiga olib borsa-yu, undan maqtov eshitsa. Biroq qo‘liga sira baliq ilinmaydi. Sirg‘alib chiqib ketadi-yu, tutqich bermay qochadi. Shunda bola to‘r tashlab, bitta emas, barchasini ushlab olishni mo‘ljallaydi…

1729
She'r
Mirtemir

To‘ra Sulaymonning «Iltijo» she’ri bahorga bag‘ishlangan. She’rning dastlabki bandida kelinchak bahor kelishi bilan tabiatda yuz beradigan o‘zgarish va jonlanishlar tasvirlanadi. Biroq banddan bandga shoirning bahorga iltijosi tobora kengroq ko‘lam, borgan sari chuqurroq mazmun kasb eta boshlaydi. Endi bahor bir fasl nomigina emas, balki tansiq tuyg‘ular mujassam, ezgulikning ramzi bo‘lib gavdalanadi.

4309
She'r
To'ra Sulaymon

Usmon Nosirning «Yurak» she’ri shoirning insoniy xarakterini va ijodiy taqdirini o‘zida mujassam etgan she’rlar sirasiga kiradi. Shoir Yurak obrazini o‘zining ilhomi, ijodiy intilishlari, his-tuyg‘ulari, orzu-o‘ylarining mujassam timsoli deb biladi. Ya’ni uning Yurakka murojaati, aslida, o‘z shaxsiga, ijodiga murojaatidek yangraydi.

6002
She'r
Usmon Nosir

Uzoq-uzoq o'tmishda bir go'zal ayol qirol saroyida deraza yonida kashta tikib o'tirar edi. Bu Qirolicha ekan. U oq matoga gullar tikar va o'ylardi: "Agar mening jajji qizalog'im bo'lganida qanchalar baxtli bo'lar edim!" U mudrab barmog'iga igna sanchib olibdi va uch tomchi qoni matoga tomibdi. "Mening qizalog'imning lablari qondek qizil, tanasi qordek oppoq, sochlari mumdek tim qora bo'lsa, qanday go'zal bo'lar edi u", - o'ylar edi Qirolicha...

12300
Sehrli ertak
Xalq og'zaki ijodi

Inson o'zidagi nafsni yenggandagina oliy maqomga yuksala oladi, aks holda,uning boshqa jonzotlardan farqi yo'qdir. Ammo nafsni tiya bilmoq degan jumla faqat tildagina aytishga oson, amalda esa unga erishmoq mushkul. Bu jarayon tolibdan ko'plab mashaqqatlarga sabr qilmoqni talab etadi. Shu bois tom ma'noda sabr qilmoq va ana shu sabr ila nafsni yengmoq barchaning ham qo'lidan kelavermaydi. Ushbu hikoya ham g'oyat ibratomuz bo'lib, u kitobxonni nafsning zararlari haqida mushohada yuritishga undaydi.

545
Mistik hikoya
Akutagava Ryunoske

Bahor. Borliqda turfa go'zallik. Olam zarrin nurlar va gullarga burkangan. Barcha bu latofat qarshisida mast. Biroq lirik qahramon qalbi nechukdir bezovta. U atrofidagi go'zallikni yana kimgadir ilinadi. Usiz hayot zavqsiz, olam nursiz, hatto bahor ham g'aribdir. U uchun borliqda faqat bir savol kezadi: "Sen bahorni sog'inmadingmi?.."

8662
She'r
Abdulla Oripov

Shodlik va baxt kuychisi Hamid Olimjonning „Xayolimda bo’lding uzun kun...“ she’ri yuksak san'atkorlik va badiiy did mahsuli bo'lib,unda poetik kashfiyotni ko‘ramiz, uning mutanosibligidan, qalb torlarini sehrli tebratishidan hayajonga tushamiz, „hiylagar oy, sehrgar dilbar kimnidir yodimizga solib qo‘yganidan“ huzur va soginch tuyamiz.

2272
She'r
Hamid Olimjon

Tabiat lirikasining benazir namunasi bo’lmish bu she’rni o‘qir ekanmiz, quyosh botishi oldidagi manzara ko‘z oldimizda butun ilohiy go‘zalligi bilan jonlanadi. Quyosh tog‘lar bag‘riga singib borar ekan, ufq shafaqning qonli ranglariga belanadi. Quyosh botishi bilan lirik qahramonning ruhiy hayotida ham so‘lg‘inlik boshlanib, «umid tosi» singandek bo‘ladi, bu tosning sinayotgan paytdagi ovozi esa uning qalbini shu qadar pora-pora qiladiki, na xayol va na sevgi ro‘yosi lirik qahramonni yupata olmaydi…

380
She'r
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek