Sahifa yuklanmoqda . . .


Baliq ovi

Bizning qishloq tog’ bag’rida,

Tog bag’rida bog’ bag’rida,

Etagida chopqillar soy.

Yozda tiniq,

Kuzda tiniq,

Suvda quyosh yuz bir siniq,

Ko’klam chog’i soy butun loy.

 

Qirg’og’ida jambul, yalpiz,

Quchog’ida balig’i mo’l.

O’ltiraman ba’zan yolg’iz,

Suvga tushmay usti-bosh ho’l:

Qarmog’imga ilinmaydi,

Suzmoqdami yo chopmoqda,

Suv tagidan ne topmoqda?

Yuz tikilsang bilinmaydi...

Tashlay qolsam non ushog’in,

Yugurishib kelar talay,

Ulgurishib kelar talay.

Ilinsaydi ulkanrog’i,

Eltar edim jon buvimga.

–Hay, rostdanmi, hay, baliqmi,

Tangalikmi, chaqalikmi?

Balli, derdi, uquvimga...

Ilinmaydi lekin hozir.

Bundan keyin to’r tashlayman,

Tashlasam ham zo’r tashlayman,

Qo’lga tushar bari oxir.

1961


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 14-Fevralda yuklangan

284 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
baliq ov qishloq tog' bag'ir bog' etak soy yoz kuz suv quyosh yuz ko'klam chog' loy qirgo'q jambil yalpiz quchoq qarmoq non jon buvi tanga uquv to'r
Muallif
Mirtemir

Mirtemir

Millat turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu-intilishlarining betakror qirralarini o’zga ijodlardan farqli xalqona bir yo’sinda o’zbek badiiyatiga olib kirgan hassos, donishmand shoir. She’riyatida so’zning inja ma’no nozikliklari, qadim va turkiyona mavqelari qad rostlab, shoirning fusunkor, zakiy hikmatlariga xizmat qiladi.

Batafsil


Yangi She'rlar Mirtemir She'rlari Mirtemir asarlari