Sahifa yuklanmoqda . . .
H - Asarlar - h so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Kuyov bolam, o'z bolam, Mani qorako'z bolam, Dilimda bir so'z, bolam, Qizim yomon - siz yaxshi. Erka bolam, arslonim, Oyim turgan osmonim, Qo'lingizdadur jonim, Qizim yomon - siz yaxshi...
Bir do’konning qarshisida uch-to’rt xotin, Gurunglashib kutar arzon yog’ navbatin. O’sha yerdan o’tib qoldi bitta erkak, Xuddi shundan boshlanadi bizning ertak. U ayollar ichra biri go’zal edi, O’zi yosh-u, ammo so’zi masal edi. O’sha erkak qarab sekin o’ng-u chapga, U ayolni quvlik bilan soldi gapga...
Quyilmadi hech erim, Ichim to'la o'kinish. Ellik yoshdan oshsa ham, Araq, ishrat, so'kinish. Shunday bezor bo'ldimki, Zirillardim kelsa ham. Xafa bo'lmasdim, agar Javobimni bersa ham...
Er dedi, xotiniga Gazeta o‘qib turib: -Arab bo'lib qolmapmiz, Yaxshiyam xudo urib. Qara,bu vahshiylarni, Shunaqayam bo‘larkan. Qiz tug‘ilsa chaqaloq, Yerni kovlab ko‘markan...
Yanguli — suxumilik grek Xrista Aleksandridining oʻgʻli. Choʻpday ozgʻin, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, koʻzlari charosdek qop-qora, qoʻllari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan oʻn toʻrt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd azroilning oʻzi edi. Yanguli otasi bilan Venetsian koʻchasida, Chalbash daryosining boʻyida yashardi. Onasini eslolmaydi — chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yoʻq davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshkoʻk, sut-qatiq sotib kun koʻrishadi. Yanguli hech qayerda oʻqimasdi. Otasining yumushlariga qarashar, ahyon-ahyon eshakda qoʻshnilarga sut-qatiq tarqatar edi…
Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi...
Falakning ustidan kim topdi zafar, Yer qachon odam yeb to’yibdi, magar – Meni yemadi deb kekkaya ko’rma, Shoshmay tur, ko’p o’tmay navbating yetar.
Tokay pastlar xizmatin etasan bajo, Har yemishga pashshadek qilma jon fido. Bir nonni ikki kun ye – tortma hech minnat, O’zga nonidan o’z dil qoning ko’p avlo.
Kelmoq qo’lda bo’lsa, kelmasdim bir dam, Ketmoq qo’lda bo’lsa, ketmas edim ham. Juda soz bo’lardi: bu g’amxonaga Kelmasam, turmasam, kelib-ketmasam.
Falak qulog’imga gapirdi sekin, Qazo hukmin mendan ko’rasan, lekin – Aylanishim bo’lsa edi qo’limda, O’zimni to’xtatib, olar edim tin.
Kulol do’koniga kirdim bir safar, Dastgohda ishlardi usta ko’zagar. Gado qo’lidan-u shohning boshidan Ko’zaning bo’yni-yu dastasin yasar.
Mensiz qalam surmish qazo-vu qadar, Mendan nechun yaxshi-yomonim so’rar? Kecha mensiz o’tdi, o’tar bugun ham, Tong-la kun nima deb qilur javobgar?
Kimningki bor esa bir burda noni, O’ziga yarasha uy-oshiyoni, Na birov unga qul, na u birovga, Ayt, shod yashayversin – xushdir zamoni.
Yoshlikda biz – shogird, o’zgalar – ustod, So’ngra ustod bo’lib dilni etdik shod. Oxiri qayerga yetishdik desang, Tuproqdan chiqiboq bo’libmiz barbod.
Osmonda bir ho’kiz – nomimish Parvin, Birisi quyida ko’tarar zamin. Ko’zingni katta och, qo’sh ho’kiz aro – Ko’rib qo’y qanchalab eshak yurganin.
Bizlar bo’lmasak ham, jahon bo’lg’usi, Bizlardan na nom-u nishon bo’lg’usi. Avval-ku yo’q edik – yetmovdi xalal, Yana bo’lmasak ham, hamon bo’lg’usi.
G’ayrating sarf etsang kiymoq-ichmoqqa, Arziydi bu ishni ma’zur tutmoqqa. Hushyor bo’l, qolganin bari arzimas – Umringni sarf etib o’tib ketmoqqa.
Afsus, umr behuda bo’lmishdir barbod, Bo’lmadik haromdan bir nafas ozod. Buyurganing qilmay yuzim qarodir, Amringdan tashqari ishlarimdan dod.
Bir non topib agar yesang ikki kun, Siniq ko’zang bo’lsa suv ichmak uchun, O’zingdan pastlarga yollanmoq nega? O’zingdek xizmatin qilmoqlik nechun?
Xoliq – kechiruvchi, rahmli, rahmon, Isyon-u gunohdan bo’lmagil giryon. Bugun mast-u xarob uyquga kirsang, Erta afv etilur chirik ustixon.
Ko’plar donishmand deb bildilar o’zni, Xudoning zotidan ochdilar so’zni. Hech biri bilolmay azal sirlarin, Aljirab-valjirab yumdilar ko’zni.
Bozorda bir kulol ko’rsatib hunar, Bir bo’lak xom loyni tepib pishitar. Loy ingrab aytadi: “Hoy, sekinroq tep, Men ham kulol edim sendek, birodar”.
Men osiy bandangman, rizoying qani? Dilim qop-qorong’i, ziyoying qani? Itoatim uchun Jannatni bersang, Bu mening haqqim-ku, atoying qani?
Kimsani ranjitma, ranjitma, hayhot, G’azabing birovga sochmagil, ey zot. O’zing ranj chek-u, hech kimni ranjitma, Rohat desang agar, o’zing g’amga bot.