Sahifa yuklanmoqda . . .

Bugun - Asarlar

Bugun - Asarlar - bugun so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Qadrdon do‘stimdan xat oldim bugun, Sibirlik jo‘ramni esladim yana. Onajon, xursand bo‘l farzanding uchun, Farzanding do‘stini kutmoqda, ona!

151
She'r
Amirqul Po'lkan

Muhabbatsiz kechdi bu visol, Men murodsiz maqsadga yetdim. Tuni bilan yalindi ayol, Kelaman deb aldadim – ketdim. Yo‘lko‘rsatkich bo‘ldi xazonlar, Daydibadar yelga aylandim. O‘tdi oylar, o‘tdi zamonlar, Yana o‘sha menga aylandim. Yana bordim tilanib visol, Hasratimni aytdim- aytmadim. Meni itdek haydadi ayol, Men vafodor itdek... ketmadim.

624
She'r
Iqbol Mirzo

Uch bora aylandi ajal qamchisi, Uchta yulduzimni falakdan uzib, Bugun jigarimda uchta tig‘ izi, Shavkat Rahmon, Oxun, Muhammad Yusuf. Birovi shamshirday to‘g‘ri zot edi, Biri erkatoyi she’riyat bog‘in. Birisiga mayda gaplar yot edi, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuf, Oxun. Nazar yomon ekan, suq yomon ekan, Bir ariqdan suv ichib, birga o‘sib, Ko‘p ekan-da joningga ko‘zin tikkan... Shavkat Rahmon, Oxun, Muhammad Yusuf.

309
She'r
Iqbol Mirzo

Mensiz qalam surmish qazo-vu qadar, Mendan nechun yaxshi-yomonim so’rar? Kecha mensiz o’tdi, o’tar bugun ham, Tong-la kun nima deb qilur javobgar?

259
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Xoliq – kechiruvchi, rahmli, rahmon, Isyon-u gunohdan bo’lmagil giryon. Bugun mast-u xarob uyquga kirsang, Erta afv etilur chirik ustixon.

198
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Haqiqat niholin o’stirmas gardun, Xohi befarq bo’lgil, xohi ko’p kuyun. Falak aylanishi o’zgarmas jindek, Bugunni kecha bil, ertani bugun.

155
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Ayol baxt nimada? Zeb-u ziynatdami? Shon-u shuhratda? Yuksak unvondami? Olqishlardami? Yo’q! Ayol baxti o’z sevgan yorining mehrini his qilmoqlikdadir. Ko’pincha erkak zoti ayolimga hamma narsani muhayyo qilib bersam ham, nega ko’ngli to’lmaydi, unga nima yetishmaydi o’zi, deb xunob bo’lib yuradi. Aslida ayolga ko’p narsa kerakmas. Ayollar dilidagi eng aziz tilak: “Menga mehr ko’rgaz, mehribonlik qil”…

1727
She'r
Guljamol Asqarova
Guljamol Asqarova