Sahifa yuklanmoqda . . .
Adam - Asarlar - adam so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Amiriyning juda uzoq yillardan buyon mashhur "Chorzarb" kuyiga solinib, qo’shiq sifatida aytib kelinayotgan «Qoshingg’a teguzmagil qalamni» misrasi bilan boshlanadigan g’azalida shoir lirikasiga xos xususiyatlar to’liq mujassamlangan. Inson ruhiyatining turfa holatlarini nozik his qiladigan Amiriy she’riyatining hayotsevarlik, umidbaxshlik jihatlari g’azal matla’sidayoq yaqqol ko’zga tashlanadi.
Ishqi ilohiy, shoir Mashrab o'zi iqror bo'lganidek, unga dunyoga kelgan kunidan beri hamroh edi. Bu ilohiy tuyg'u bilan u dunyo kezdi, sarsonlik va malomat o'qlariga nishonlik azobini totdi va hatto dor ostiga bordi. Ammo buning uchun dilida zarra qadar o'kinch va pushaymonlik tuymadi, aksincha, uning dard-u fikri faqat Yor vasliga yetmoq bo'ldi. Ushbu muxammas ham shoirning o'z sevganiga murojaati - munojotidir.
Ushbu g'azal hazrat Navoiyning mashhur g'azallaridan bo'lib, u go'zal tasvir bilan boshlanadi: "Kecha kelaman deb va'da berib ketgan yor va'dasiga vafo etib kelmadi Shu kecha mening ko'zlarimga ham tong otguncha uyqu kelmadi. Har lahza uning yo'liga chiqib termulaverib, jon og'zimga keldi-yu, o'sha yomon xulqli sho'x go'zal kelmadi"...
Oybek uchun ijod yashash tarzi edi. U hatto xasta paytida ham o‘zini ijodiy mehnatsiz tasavvur etmagan. Shuning uchun ham adib sog‘ayishi va sog‘aygach bearmon yozishi mumkin bo‘lgan paytni orziqib kutgan: Xastamen... Fikrga, tuyg‘uga to‘lib- Oy menga hamqadam-asta yuramen. Sog‘aysam, bir kuni yozamen to‘yib, Hislarga qalbimni qo‘shib yozamen... 1959-yilda yozilgan bu she’rda Oybekning shu kezlardagi birdan-bir armoni katta badiiy kuch bilan ifodalangan.
Bolalik inson hayotining eng go'zal, eng beg'ubor damlaridir. Biroq bu beg'ubor osmonni qora bulutlar qurshab olsa, nima bo'ladi? Bolalikda sodir bo'lgan har bir voqea murg'ak vujudning xotira daftariga o'chmas harflar bilan bitiladi. Bordi-yu bolakay mash'um hodisaga guvoh bo'lsa, bu uning qalbida bir umr jarohat bo'lib qolishi shubhasizdir. Ushbu hikoya avtobiografik xarakterga ega bo'lib, unda yozuvchining og'ir bolalik xotiralari qalamga olingan.