Sahifa yuklanmoqda . . .

Sakkokiy Asarlari

Sakkokiy Asarlari - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Ushbu qasidasida shoir Mirzo Ulug’bekning taxtga chiqishini muborakbod etadi, hukmdor shaxsiyatidagi adolat-u jangchilik jihatlari tavsifiga alohida e’tibor qiladi. Uning ovozasini «Sulaymoni zamon»ga, adolatini «No’shiravon»ga, mehribonligini «ato»ga qiyos etadi. Bir so’z bilan «shohi dono» deb ta’riflaydi. Shoir quruq maqtash yo’lidan bormay, tuyg’ularini obrazli tarzda ifodalashga intiladi.

172
Qasida
Sakkokiy

Ushbu g'azalda yorga sitam berishdan charchamaydigan ma'shuqa va boshiga necha-necha sinovlar tushsa ham, yor ko'yidan qaytmaydigan oshiqning poetik surati chizilgan. Oshiqning yuzi hijron azobi va yor noz-u firoqlaridan kahrabo yanglig’ sarg’aygan. «Qani» radifi so’z va rang jilvasiga alohida bir urg’u beradi. Fikr salmog’i va tasvir ta’sirchanligini kuchaytiradi...

130
Yakpora g'azal
Sakkokiy

Mazkur g’azalda oshiq iztiroblari, visol ilinji, hijron azobining quyuq tasviri berilgan. Lirik qahramon ko’ngil qo’ygan chog’dayoq muhabbat dardidan «o’lmakdan o’zga davo» yo’qligini biladi. Lekin ko’ngil dardiga chora yo’q. Unga buyurib bo’lmaydi. Ma’shuqaning yuzi shu darajada go’zalki, tiniqligi bilan maqtanadigan ko’zgu qizning yuzini ko’rgach, o’zining safosi -tiniqligi yo’qligiga iqror bo’ladi…

166
Yakpora g'azal
Sakkokiy