Sahifa yuklanmoqda . . .


Kim ermas ul oy mubtalosi...

Kim ermas ul oy mubtalosi,

Yolg’uz menga yo’q aning balosi.

 

Tushti bu zaif jonimg’a dardi,

O’lmaktin azin yo’q ul davosi.

 

Bergusi g’arib boshimni yelga,

Ruxsora-u zulfining havosi.

 

Kim ko’rsa aning ko’zini aytur:

Ne turfa erur bu turk balosi?

 

Turkona ir irlag’uncha oning,

Kuydurdi meni yalay-bulosi.

 

Oyina sening yuzing ko’rubon,

Lof ursa, yuzunda yo’q safosi.

 

Dard-u, g’am-u, ranj-u, men-u o’lmoq

Sakkokiyga bo’ldi jon g’izosi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

822 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
oy mubtalo balo jon dard o'lmak davo bosh yel ruxsora zulf havo ko'z turk ir yalay-bulo oyina yuz lof safo g'am ranj o'lmoq g'izo
Muallif
Sakkokiy

Sakkokiy

Taxallusiga ko’ra, Sakkokiy pichoqchi oilasida tug’ilib, voyaga yetgan, XV asrning birinchi yarmida yashab o’tgan iste’dodli shoirlardan. Navoiy uni «Turk alfozi (so’zlari)ning bulag’o (balog’atga erishgan)laridan» deb baholaydi. Sakkokiyning qachon tug’ilgani va qachon vafot etgani ham ma’lum emas. Ammo XIV asrning oxirlarida tug’ilgan, degan taxmin bor. Chunki uning yozgan asarlari orasida bir necha qasidalar mavjud bo’lib, ular Xalil Sulton, Arslon Xo’ja Tarxon, Xo’ja Muhammad Porso va Mirzo Ulug’bek singari tarixiy shaxslarga bag’ishlangan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Sakkokiy Yakpora g'azallari Sakkokiy asarlari