Sahifa yuklanmoqda . . .


Sentek jahonda ko’zlari...

Sentek jahonda ko’zlari ayni balo qani?

Mentek aning balosi bila mubtalo qani?

 

Erning aqiqi garchi jahonda yagonadur,

Chehram mengizli ham yana bir qahrabo qani?

 

Ko’zni g’ubor tutti firoqingda yig’la-yu,

Erning tuzindin o’zga anga to’tiyo qani?

 

La’ling sharobi bo’ldi ko’ngul dardina davo,

Bu dard jong’a yetti, vale ul davo qani?

 

Yuzumni oltin etti sening ishqing, ey sanam,

Mundog’ boqoni oltin etar kimyo qani?

 

Qadd-u hadingg’a sarv-u gul o’zun tutar shabih,

Onlar bo’y-u yuzinda bu ob-u havo qani?

 

Husnung zakoti bergali bir qulni izlasang,

Sakkokiytek bu dunyoda bir benavo qani?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

648 marta ko'rildi

4 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jahon ko'z balo mubtalo ern aqiq chehra qahrabo g'ubor firoq tuz to'tiyo la'l sharob ko'ngul dard davo oltin ishq sanam boqo kimyo qad had sarv gul shabih bo'y yuz ob havo husn zakot qul dunyo benavo
Muallif
Sakkokiy

Sakkokiy

Taxallusiga ko’ra, Sakkokiy pichoqchi oilasida tug’ilib, voyaga yetgan, XV asrning birinchi yarmida yashab o’tgan iste’dodli shoirlardan. Navoiy uni «Turk alfozi (so’zlari)ning bulag’o (balog’atga erishgan)laridan» deb baholaydi. Sakkokiyning qachon tug’ilgani va qachon vafot etgani ham ma’lum emas. Ammo XIV asrning oxirlarida tug’ilgan, degan taxmin bor. Chunki uning yozgan asarlari orasida bir necha qasidalar mavjud bo’lib, ular Xalil Sulton, Arslon Xo’ja Tarxon, Xo’ja Muhammad Porso va Mirzo Ulug’bek singari tarixiy shaxslarga bag’ishlangan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Sakkokiy Yakpora g'azallari Sakkokiy asarlari