Sahifa yuklanmoqda . . .

Qadim - Asarlar

Qadim - Asarlar - qadim so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

— Samarqand, ildizing qayerda? Kechangni chiroqlar parchalab tashlagan, tun bilan nur o‘rtasida uzun arvohlar — minoralar ketib borar kelajak sari...

166
She'r
Usmon Azim

Butun borliq mo'jiza. Tabiat o'z bag'riga ne-ne sinoatlarni berkitmagan deysiz. Har yil unda qanchadan qancha gul-u giyoh unib-sunadi, fasllar almashadi, kecha kumush qor bag'rida sokin orom olgan tog'-u toshlar bugun yana gullarga burkanadi. Har yil soyda qanchadan qancha suvlar oqib o'tadi. Bularning bari behikmat-behuda emas. Ularning barchasi o'zgarmas qoidaga - Oliy Qonunga bo'ysunadi.

2630
She'r
Asqad Muxtor

Ushbu she'rda muallif bahorning gulga burkangan go'zal manzarasini tasvirlar ekan, uni ramziy ma’noda qo‘llaydi. «Bir kaft bog‘», ya’ni yaxlit bir manzil - Vatanda turlicha tarovat, turli bo‘y tarqatuvchi daraxtlar bor. Ularning har biri o‘zicha ko‘rk, o‘ziga xos meva-yu hosil beradi. Go‘yo har bir daraxt bu bir-biriga o‘xshamaydigan millat va elatlar. Ularning har birining o‘z tarixi, o‘z urf-u odatlari, yashash tarzi bor. Lekin ular bitta bog‘da - bir maskanda, ya’ni bir Vatanda - O‘zbekistonda jam bo‘lganlar.

3275
She'r
Zulfiya

Ushbu she'rda shoir o'zini tinchoqar daryoga o'xshatadi. Daryo dolg'asiz bo'ladimi?! Yo'q, bo'lmaydi. Ammo Shavkat Rahmon sharqiroq, yengiltak soy emas, dolg'alarini qa'riga − chuqurliklariga berkitgan bosiq-og'ir, o'ychan daryodir. “Ruhida qadimgi osoyishtalik”ni saqlagan bunday o'ychan daryo bir dolg'alanmasin! Sokinlik bag'ridagi dolg'a agar yuzaga chiqsa, nimalar yuz berishi hayotda ko’p ko’rilgan…

375
She'r
Shavkat Rahmon