O'zbegimning yoshlari kelajak avlodlari,
Bizga muntazir bugun dunyoning shodliklari,
Bizni chorlar bag'riga imkoniyat eshiklari,
Buyuk O'zbekistonning shonu shavkati uchun.
Bir sahroyi ayolning
O'g'ilchasi sho'x ekan.
Undan zarar ko'rmagan
Biror kuni yo'q ekan.
Qozondagi taomin
Tepib qochib ketarkan.
Meshidagi suvini
Sepib qochib ketarkan...
Dunyo yaralgandan so’ng
Loydan tiklandi vujud
Va unga jo aylandi
Muhabbat, mehr, sukut.
Farishtalar ta’zimga
Saf tortishdi osmonda.
Shundanmi, go’zal hislar
Paydo bo’ldi Insonda.
Ming yillar o’tib ketdi,
Avlod to’ldi zaminda.
Kimni ko’rsam, bir g’alat
His jo’shar yuragimda...
Biz bu she’rni o‘qir ekanmiz, 20-yillarda mustamlakachi bolsheviklar tufayli o‘zbek yurti va o‘zbek xalqining boshiga tushgan falokatlarni ko‘rgandek bo‘lamiz. Shoir bu balo-ofatlarni keltirgan, o‘lkamizni vayron etib, daryo-daryo qonlarni oqizgan yovuzlarni la’natlamaydi, ularga g‘azab va nafrat toshlarini otmaydi, balki mudhish tarixning shohidi sifatida yuragidan oqib turgan ko‘z yoshlari bilan tarix sahifalariga qayd etadi.