Sahifa yuklanmoqda . . .


Oddiy ertak

Dunyo yaralgandan so’ng
Loydan tiklandi vujud
Va unga jo aylandi
Muhabbat, mehr, sukut.

Farishtalar ta’zimga
Saf tortishdi osmonda.
Shundanmi, go’zal hislar
Paydo bo’ldi Insonda.

Ming yillar o’tib ketdi,
Avlod to’ldi zaminda.
Kimni ko’rsam, bir g’alat
His jo’shar yuragimda.

Hamma menga qarindosh,
Hamma farzandi Odam.
Shu yaxshilar ichida
Yashab yuruvdim men ham.

Maysadan ham nozikroq
Yurak bor edi menda.
Uni yo’qotib qo’ydim
Senga duch kelgan kunda.

O’zi yerlikmisan, ayt,
Yo arshdanmi tuprog’ing?
Qiyinmikin shunchalar,
Egilib qaramog’ing?

Ko’zlarimni hayratga
Botirib qo’ydi olam.
Yig’i kelar — toshyurak
Qarindoshni o’ylasam…

Savob-u gunohimni
Hisob qilar malaklar.
Bir yomon niyat meni
Ko’pdan buyon daraklar:

Qaramayman, kulmayman,
Qarindoshlar bo’lsak ham.
Afzaldir xarsang toshlar
Sendan, mehrsiz odam.

Bir inson deb g’ussani
Hamdard qildim holimga.
Yana nelar yozarman
Nomayi a’molimga?…


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

39 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ertak dunyo loy vujud muhabbat mehr sukut ta'zim saf osmon his inson yil avlod zamin yurak qarindosh farzand odam maysa nozik arsh tuproq ko'z hayrat olam yig'i tosh savob gunoh hisob malak niyat darak g'ussa noma
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari