Sahifa yuklanmoqda . . .
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat Yakpora g'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara yakpora g'azallari o'rin olgan.
Mazkur g‘azal Fuzuliy ijodi ta’sirida paydo bo‘lgan. Furqatning ijodiy mahorati shundaki, u o‘zga shoirning misrasiga tayangan holda tasvir qudrati, ifoda ta’sirchanligi, chizgilarning nozikligi jihatidan oldingidan balandroq badiiy natijaga erisha olgan. Natijada ma’shuqa tasviri devorga ilib qo‘yilgan surat emas, balki o‘quvchining ko‘nglidan joy olgan harakatdagi suratga aylangan.
Furqatning ushbu g‘azali-tabiat lirikasining namunasi. Unda ko‘klam kelishi bilan tabiatda ro‘y berayotgan go‘zal o‘zgarishlarni g‘oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari aks etgan. Shoir o‘tkinchi umrni go‘zallik qo‘ynida ezgulik bilan o‘tkazishni istaydi. Chunki bahorgina emas, umr ham o‘tkinchi-“g‘animat”.