Sahifa yuklanmoqda . . .

Lutfiy Yakpora g'azallari

Lutfiy Yakpora g'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara yakpora g'azallari o'rin olgan.

Mazkur g'azalni muallif tamoman o‘zbek xalq maqollari asosiga qurgan. Har bir baytda shoir bittadan maqol qo‘llaydi. Maqollar go‘yo baytlar birinchi misrasida aytilgan fikrga bir isbotdek keltiriladi. Shuning uchun barcha baytlarning ikkinchi satri maqol bilan tugaydi. Demak, shoir beshta bir-biriga qofiyadosh so‘z bilan tugaydigan maqol topgan. Bu esa uning poetik mahoratini ko'rsatadi.

6822
Yakpora g'azal
Lutfiy

G‘azal tamoman turkona ruhda bitilgan. An’anaviy yetti baytdan iborat. Ishq mavzusi qalamga olingan. Biroq bu yerda zimdan ilohiy ishq ko‘zda tutilganini unutmaslik kerak. G‘azalning tili – sodda, ravon. Murakkab, falsafiy – tasavvufiy so‘z va timsollar uchramaydi hisob. Bugungi o‘quvchi uchun ham tushunarli. Yengil kayfiyat, ayricha bir ishqiy zavq bilan o‘qiladi. Hozirgacha hofizlarimiz bu g‘azalni qo‘shiq qilib kuylayotgani ham shundan bo‘lsa kerak. Bu g‘azal ham mumtoz yo‘lda, ham zamonaviy estrada usulida ashula qilingan.

29400
Yakpora g'azal
Lutfiy

Ko‘ngil mumtoz she’riyatimizning asosiy tasvir manbai hisoblanadi. Chunki Alloh kishining ko‘nglidagina aks etadi. Ishq ham ko‘ngil ishi. Ushbu g'azaldagi lirik qahramon ham ishq bobida barcha «ayb»ni ko‘ngliga qo‘ymoqchi: uni shaydo, xor-u rasvo, qora qoshliklar uchun o‘qdayin tik qomatini yoydek egik qiladigan ham - shu. "Meni sevdi deb ayblama, buni istayotgan ham - ko‘ngul. Eshigiga tez-tez boraverma, deyishadi, lekin ko‘ngil shuni taqozo etsa, nima qilay?" deya fig'on chekadi u. Bu g‘azal hozirgacha xonandalarimiz tomonidan sevib kuylanadi. Oradan to‘rt yuz yil o‘tib, XIX asrning birinchi yarmida Nodira Lutfiyning shu g‘azaliga o‘xshatma yozdi.

13579
Yakpora g'azal
Lutfiy

Mazkur g’azalda shoirning shaxsiy kechinmalari kutilmaganda ijtimoiy xususiyat kasb etadi. U befavo yordan shikoyat qila turib, birdaniga umumlashma xulosa chiqarishga, hayotning adolatsizligini baralla aytishga tutinadi. Odatda, ma’shuqadan yozg’irilmaydi. Oshiqlik odobi ham, solikning sadoqati ham shuni taqozo qiladi. Lekin har qanday sabr-toqatning ham chegarasi borligi chin bo’lsa kerakki, shoir kimnidir «nodon» degan yorliq bilan siylaydi. Ehtimol, bu sifat yor qoshidan joy olgan raqibga atalgandir, ehtimol ma’shuqaga? Har holda shoir shaxsiy dardini she’ridan umumlashtiruvchi xulosa chiqarishning vositasiga aylantiradi.

1874
Yakpora g'azal
Lutfiy