Sahifa yuklanmoqda . . .


"Tortadur" radifli g'azal

Ko’rgali la’ling aqiqin ko’nglum ul yon tortadur,

Bu yamon andishaliqni go’iyo qon tortadur.

 

Dod ko’zungdinki, dinga necha yuz ursam, meni

Kufr sori sehr ila ul nomusulmon tortadur.

 

Olida jon tortadurman, to magar tushg’ay qabul,

Bir nazar qilmas bu miskin sorikim, jon tortadur.

 

Xoki poyekim anga zulfi tegar ko’p istaram,

Yo meni tuproq, yo rizqi parishon tortadur.

 

Mayl etar o’z jinsig’a har jins o’zini lojaram,

Beli sori ul kamandi anbarafshon tortadur.

 

Qoshlari yosin quloqqa yetkura tortar ko’zi,

Ikki yoni masti lo’yaqil ne oson tortadur?

 

Yo’q turur yolg’uz bu Lutfiy jonig’a javri raqib,

Qayda bir dono durur, ul javri nodon tortadur.

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

1805 marta ko'rildi

4 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
la'l aqiq ko'ngul yon andisha qon ko'z din yuz kufr sehr nomusulmon jon qabul nazar miskin xok poy zulf tuproq rizq parishon mayl jins lojaram qosh mast javr raqib dono nodon
Muallif
Lutfiy

Lutfiy

(1366-1465) XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan. Obro‘yi va shuhrati shu darajaga yetgan ediki, Alisher Navoiy uni o‘zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi shu ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur».

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Lutfiy Yakpora g'azallari Lutfiy asarlari