Sahifa yuklanmoqda . . .

To'ra Sulaymon She'rlari

To'ra Sulaymon She'rlari - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

O'ynoqi ohang va o'ziga xos go'zal ifodaga ega mazkur she'rda ramziy obrazlar orqali oshiqning samimiy iqrorlari bayon etilgan.

4085
She'r
To'ra Sulaymon

Ushbu she'r onalar sha'niga bitilgan madhiya bo'lib, unda onaning xokisorligi, mushfiq va mehribonligi, farzandi uchun hamma narsaga tayyorligi ifodalangan.

14637
She'r
To'ra Sulaymon

Baxt tushunchasini har kim har xil anglaydi. Jumladan, ushbu she'r qahramoni ham unga o'ziga xos - jiddiy yondashadi. Uning ko‘nglini hayotning mayda-chuyda ho-yu havaslari, o‘tkinchi manfaatlari armonga to‘ldirolmaydi. Bu lirik qahramon o‘ziga hayotda nihoyatda katta talablar qo‘yadi. O‘sha talablarga loyiq bo‘lolmaslik uni xavotirga soladi, cho‘chisa shundan cho‘chiydi...

2232
She'r
To'ra Sulaymon

To‘ra Sulaymonning «Iltijo» she’ri bahorga bag‘ishlangan. She’rning dastlabki bandida kelinchak bahor kelishi bilan tabiatda yuz beradigan o‘zgarish va jonlanishlar tasvirlanadi. Biroq banddan bandga shoirning bahorga iltijosi tobora kengroq ko‘lam, borgan sari chuqurroq mazmun kasb eta boshlaydi. Endi bahor bir fasl nomigina emas, balki tansiq tuyg‘ular mujassam, ezgulikning ramzi bo‘lib gavdalanadi.

4634
She'r
To'ra Sulaymon