Sahifa yuklanmoqda . . .
Audiomuhammad yusuf she'rlari - Aziz foydalanuvchi! Agar siz hayotning past-u baland yo'llari aro kezib, dunyoning sho'rishlaridan toliqqan bo'lsangiz, bizga qo'shiling va ko'ngingizni ezgu hislarga oshno eting! Ushbu to'plamdan o'zbek va jahon she'riyatining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo'lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.
Lolaqizg'aldoq - eng go'zal va nafis gul. Lolaqizg'aldoq - bag'ri qon ayol. Garchi bu she'r Shavkat Rahmon tilidan uning oila a'zolariga bag'ishlab yozilgan bo'lsa-da, unda Muhammad Yusufning ham o'z qismati ko'rinadi. She'rdagi dard, iztirob yuki shu qadar og'irki, uni o'qigan kitobxon tabiiy ravishda lirik qahramon dardini his qiladi va qalbida unga hamdardlik hissini tuyadi...
Vatan haqida yozilgan she'rlar juda ko'p, ammo ular orasida Muhammad Yusuf she'rlari o'zining soddaligi, samimiyligi, dilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Ushbu she'rning lirik qahramoni ham Vatanini shunchaki sevmaydi, balki yurak-yuragidan bir insoniy muhabbat bilan sevadiki, u Rimni bedapoyaga, Parijning eng go'zal restoranini esa yurtining bitta tandiriga ham almashmaydi...
Yoshlikni sog'inmagan kishi bormi bu olamda? Ayni gullagan davrini allaqanday sog'inch va azob bilan xotirlamagan odam-chi? Yoshlik - bu inson hayotidagi shu qadar go'zal, shu qadar jo'shqin bir davrki, inson uning bag'rida bo'lgan damlarida kechayotgan lahzalarni his etmaydi. Shu tariqa yillar ko'z yumib-ochguncha bir-birini quvlashib o'tib ketadi-yu, insonga yoshlikdan faqat olis va nurli xotiragina qoladi, xolos. She'r uzoqlarda qolgan yoshligini qo'msayotgan insonning ko'ngil nolasidir...
Muhabbatning go'zal kechinmalari samimiy va beg'ubor tarzda ifodalangan bu she'r barcha oshiqlarning madhiyasiga aylanib ketgan desak adashmaymiz. Qalbiga otashin hislar mehmon bo'lgan yigitlar hijron tunlari-yu umid tonglarida bu she'rni pichirlab yuradilar. Sababi bu satrlar ko'ngil so'zlari. Ko'ngildan chiqqan so'z ko'ngilga oson yetib boradi va u yerni umrbod maskan etadi.