Sahifa yuklanmoqda . . .
Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing
Bor bisotim oldi yoshligim,
Yurak shunga ko'ndi-yu ketdi.
Yodda shunday qoldi yoshligim:
Qush daraxtga qo'ndi-yu ketdi.
Demak, dunyo shunday tor ekan,
Demak, vido kuni bor ekan,
Tushib kelding oyning oldidan,
O't bilganim tindi-yu ketdi.
Dunyoda eng katta boy edim,
Gijinglagan yakka toy edim,
Sharqiragan toshqin soy edim,
Suvi qurib tindi-yu ketdi.
Yetishmaydi menga ne jihat?
Allaqayerlarimdur diqqat.
O'sha qomat, o'sha bo'y, faqat
Yurak chil-chil sindi-yu ketdi.
Do'stlarim ko'p edi, do'slarim.
Keskir-keskir edi so'zlarim,
Xira tortib qoldi ko'zlarim,
Sochga qirov indi-yu ketdi.
Daraxtga qush qo'ndi-yu ketdi...
Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.