Sahifa yuklanmoqda . . .

Alisher Navoiy Qit'alari

Alisher Navoiy Qit'alari - Ushbu to'plamdan mumtoz ijodkorlarimizning asrlar silsilasiga bardosh berib, bizgacha yetib kelgan va to hanuz dillarni maftun qiluvchi qit'alari o'rin olgan.

Ayol - tabiatning eng go'zal xilqati. Agar u o'z xulqida ezgu fazilatlarni jamlasa, uning qadri shunchalar baland bo'ladiki, u bamisoli quyosh singari butun olamni munavvar etib turadi. Ushbu qit'ada buyuk shoir ana shu haqiqatni o'ziga xos go'zal shaklda ifodalab bergan.

3360
Qit'a
Alisher Navoiy

Ushbu qit'a to'g'rilik ta'rifiga bag'ishlanadi. Unda shoir kimki hayotda to'g'rilik yo'lini tutsa, Alloh uning mushkulini har yerda oson qilib, ishlari hamisha oldinga yurishini uqtiradi. Bunda u kotibning yuz sahifani birgina qalam bilan bitishi va ming qo'yni cho'pon birgina hassa bilan olib yurishini o'z fikrining isboti tariqasida keltiradi.

2381
Qit'a
Alisher Navoiy

Mazkur qit'a ham g'oyat ibratli bo'lib, unda ko'p narsa insonning o'ziga bog'liqligi aytiladi. Darhaqiqat, dunyoda shunday kimsalar ham borki, ularga odamiylik sifatlari mutlaqo begona. Siz ularni "odam" qilaman deb har qancha urinmang, foydasi yo'q. Axir kuchuk bilan xo'tikni qancha tarbiya qilsangiz ham, ular kelajakda faqat it va eshak bo'ladi xolos-ku!

4716
Qit'a
Alisher Navoiy

Ushbu qit'a hazrat Navoiyning eng mashhur qit'alaridan bo'lib, unda insoniyat uchun o'ta muhim bo'lgan ezgu amalga undaladi: «Olam uyi»ga -dunyoga kelganingdan keyin kamolotni «kasb et», komil shaxs bo’l. Bu dunyodan kamolotga erishmay ketmoq, ya’ni «g’amnok chiqmoq» hammomga kirib, poklanmay chiqishday gap. Buyuk shoir komillikka erishmaslikni «farz o’lmag’ay» deb juda keskin qo’yadi...

3103
Qit'a
Alisher Navoiy