Sahifa yuklanmoqda . . .
Yaxshi xotunlar safoyi ro‘zgori quyosh nurig'a misoldur va shamsning muannas ekani munga dol
Yaxshi xotunlar safoyi zuhdidin,
Olam ichra gar yorug'luq bo‘lsa fosh.
Yo‘q ajab, chunkim arab alfozida,
Istiloh ichra muannasdur quyosh.
(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.