Sahifa yuklanmoqda . . .
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat G'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Shuningdek, devon tuzishda ham g’azal alohida mavqe kasb etgan. O’tmishda g’azal yozmagan ijodkorning devon tartib berishi mumkin bo’lmagan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara g'azallari o'rin olgan.
Ushbu g'azal lirik qahramon va Kashmir go'zali o'rtasidagi suhbat tarzida bitilgan bo'lib, u shoirning qalbi to'ridagi hasratlarni ham namoyon etadi. G'azal so'ngida go'zal yor oshiqdan: "Ey bechora, nega o'z vataningni tark etding?" deya so'raydi. Shunda yigit: "O'z vatanidan yiroqda yashash taqdirda bor ekan-da..." deya javob beradi...
Mazkur g‘azal Fuzuliy ijodi ta’sirida paydo bo‘lgan. Furqatning ijodiy mahorati shundaki, u o‘zga shoirning misrasiga tayangan holda tasvir qudrati, ifoda ta’sirchanligi, chizgilarning nozikligi jihatidan oldingidan balandroq badiiy natijaga erisha olgan. Natijada ma’shuqa tasviri devorga ilib qo‘yilgan surat emas, balki o‘quvchining ko‘nglidan joy olgan harakatdagi suratga aylangan.
Furqatning ushbu g‘azali-tabiat lirikasining namunasi. Unda ko‘klam kelishi bilan tabiatda ro‘y berayotgan go‘zal o‘zgarishlarni g‘oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari aks etgan. Shoir o‘tkinchi umrni go‘zallik qo‘ynida ezgulik bilan o‘tkazishni istaydi. Chunki bahorgina emas, umr ham o‘tkinchi-“g‘animat”.