Sahifa yuklanmoqda . . .

Umarxon Amiriy G'azallari

Umarxon Amiriy G'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Shuningdek, devon tuzishda ham g’azal alohida mavqe kasb etgan. O’tmishda g’azal yozmagan ijodkorning devon tartib berishi mumkin bo’lmagan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara g'azallari o'rin olgan.

Mazkur g'azalda muhabbat tuyg’usi qalamga olingan. Ilk misrada lirik qahramon o’z oldiga "Nega muncha siyohdur kokul?" deya savol qo’yar ekan, mumtoz adabiyotda ham hech kimning xayoliga kelmagan yo’sinda unga javob topishga erishadi...

695
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy

Ushbu g'azal favqulodda tasvirga ega. Odatda, she’riyatda inson xatti-harakat va ruhiy holatlarni tabiiy hodisalardan o’rganganligi tasvirlanardi. Bu o’rinda kutilmagan badiiy holat yuzaga keladi. Ya’ni tentaklik daryosi tug’yonni, toshqinni, guvillashni she’r qahramonidan o’rganganligi tasvirlanadi. Shu tariqa baytma-bayt fikrni rivojlantirib borgan shoir so'nggi baytda mumtoz ishqiy lirika tajribasida kamdan-kam bo’ladigan holatni beradi. Ya’ni oshiq dardiga davo topganini ifoda etadi...

860
Musalsal g'azal
Umarxon Amiriy

Ushbu g'azalda ma’shuqa bergan azoblardan ruhiga taskin izlaydigan oshiq tuyg’ulari g’oyat o’ziga xos tarzda tasvir etiladi.

343
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy

Ushbu g'azalning o'ziga xosligi shundaki, u ishq quvvatining cheksizligini madh etish yo’sinida borib, maqta’ga kelganda yorning tengsiz go’zalligi va oshiqning unga bo’lgan cheksiz muhabbatining oshkor bo’lmasligi tilagi bilan yakunlanadi. Ya’ni odamning ko’ngliga tegishli tuyg’ular ko’ngil kabi pinhon bo’lgani ma'qul.

284
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy

Amiriyning juda uzoq yillardan buyon mashhur "Chorzarb" kuyiga solinib, qo’shiq sifatida aytib kelinayotgan «Qoshingg’a teguzmagil qalamni» misrasi bilan boshlanadigan g’azalida shoir lirikasiga xos xususiyatlar to’liq mujassamlangan. Inson ruhiyatining turfa holatlarini nozik his qiladigan Amiriy she’riyatining hayotsevarlik, umidbaxshlik jihatlari g’azal matla’sidayoq yaqqol ko’zga tashlanadi.

758
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy