Sahifa yuklanmoqda . . .


"Kokul" radifli g'azal

Nega muncha siyohdur kokul,

Magaram dudi ohdur kokul.

 

Halqayi zulfidin ko'rundi yuzi,

Holayi badri mohdur kokul.

 

Husn iqbolini yoshurmoq uchun,

Toji zeri kulohdur kokul.

 

Hiylayi qatl etarga xol-u xati,

Ikki zolim guvohdur kokul.

 

Kishvari husnning Amiridur,

Saltanat dastgohdur kokul.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

1022 marta ko'rildi

6 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
siyoh kokul dud oh halqa zulf yuz hola moh husn iqbol toj kuloh hiyla qatl xol xat zolim guvoh kishvar amir saltanat dastgoh
Muallif
Umarxon Amiriy

Umarxon Amiriy

(1787-1822) O’zbek adabiyoti tarixida «Qo’qon adabiy muhiti» deb ataladigan estetik hodisaning asoschisi, Qo’qon xoni (1810-1822), iqtidorli shoir va e’tiborli siyosiy arbob Umarxon Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan. U o‘zbek adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettiradi, xususan, Navoiy va Lutfiy ijodiga katta hurmat bilan qaraydi. Amiriy o‘sha davr an’anasiga muvofiq o‘zbek va fors-tojik tillarida she’rlar yozgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Umarxon Amiriy Yakpora g'azallari Umarxon Amiriy asarlari