Sahifa yuklanmoqda . . .
San'at - Asarlar - san'at so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Bu yerda o‘zlari uchun yig‘lashmas. Bu yerda yig‘latar birovning dardi. Bu yerda birovning g‘ami muqaddas, Bu yerda tabarruk o‘zganing qadri.
Uchib-qo‘nib, uchib-qo‘nib shom-saharlar Nafis san’at sahnasida poyga ketdi. Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar, Kapalaklar uchmaydigan joyga ketdi. Kim quyoshga soldi yerdan topib gavhar, Kim ko‘ngliga shu’la istab oyga ketdi. Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar, Chiroq yonib o‘chmaydigan joyga ketdi.
Bolani qarg'amang, Duo qiling bolani. "It", "Eshak" deb so'kishga, Hayo qiling, bolani. Rosululloh derdilar, Yuzlaridan yog'ib nur: "Bolalar bu - jannatning Gul-u rayhonlaridir"...
She'rda sokin va go'zal oqshomlarning birida hind diyorida bo'lib o'tgan ajoyib mushoira - shoirlar musobaqasi, ya'ni she'riyat bayrami tasvirlangan. Tadbirning o'ziga xos jihati shunda ediki, u muhtasham zalda emas, balki shundoqqina tabiat qo'ynida - hind xalqi odatiga mos ravishda oddiygina chodirda bo'lib o'tadi. Bir tasavvur qiling-a, bir yoqda oqshom sururi, bir yoqda gullar hidi, bir yoqda salqin shabboda va bir yoqda shoirlar bahsi davom etmoqda...
Inson o'zidagi nafsni yenggandagina oliy maqomga yuksala oladi, aks holda,uning boshqa jonzotlardan farqi yo'qdir. Ammo nafsni tiya bilmoq degan jumla faqat tildagina aytishga oson, amalda esa unga erishmoq mushkul. Bu jarayon tolibdan ko'plab mashaqqatlarga sabr qilmoqni talab etadi. Shu bois tom ma'noda sabr qilmoq va ana shu sabr ila nafsni yengmoq barchaning ham qo'lidan kelavermaydi. Ushbu hikoya ham g'oyat ibratomuz bo'lib, u kitobxonni nafsning zararlari haqida mushohada yuritishga undaydi.