Sulton esini tanibdiki, har yili yoz kezlari uch yo to‘rt bola-baqra, goho kap-katta yoshdagi erkak Qichqiriqqa g‘arq bo‘ladi. Kunlab, haftalab butun mahalla-ko‘y oyoqqa qalqiydi, izillab-bizillab qidir ho qidir davom etadi, g‘arq bo‘lguvchi o‘sha kuni yo ertasi topilsa topildi, topilmasa, oradan besh, yetti... o‘n kunlar o‘tgach anhorning kunbotar tomonlarida yo beridan, yo naridan shishib, do‘mbira bo‘lib ketgan jasad suv betiga qalqib chiqadi...
Chinakam ayriliq sevganingdan olisda yashamoq emas. Chunki ko'ngillar bir ekan, bir kun topishmoqqa umid bor ekan, masofalar olisligi ayriliq sanalmaydi. Chinakam ayriliq sevganing bilan yo'llaring ayro bo'lishi. Har bir daqiqa, har bir soniya uni bag'ringdan yulib ketayotganini his etib turishdir. U seni, sen esa uni hech qachon yodingdan chiqara olmasang-u, uni sendan atigi bir necha qadamli yo'l ajratib tursa-yu, yoniga borolmasang, unga eltuvchi yo'llaring hijron dashtida g'oyib bo'lgan bo'lsa, bu haqiqiy hijrondir.