Sahifa yuklanmoqda . . .
Ot - Asarlar - ot so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Oddiygina kitob do'koni sotuvchisi nimani orzu qilishi mumkin? Juda ko'p narsani, albatta. Kutilmaganda bu inson o'z kutubxonasida qimmatbaho haykalcha saqlayotganini bilib qoladi. Nihoyat, omad unga ham kulib boqadi va u kimoshdi savdosi orqali mo'maygina daromadni qo'lga kiritadi. Ammo bu pullar unga baxt keltirmaydi, aksincha, uni qotilga aylantiradi...
Sog'inch nima o'zi? Dilga g'am berib, tuganmas azob keltiruvchi davosiz dardmi? Yoki insonning bardoshini toblab, irodasini baquvvat qiluvchi kuchmi? Butun umr sog'inch azobiga mahkum etilgan insonlar baxtsiz kishilarmikan yoki kimnidir sog'inib va ayni damda kimdir sizni sog'inayotganini his etib yashashning o'zi ham bir baxtmi? Ushbu she'rda ana shu sirli tuyg'u - sog'inch manzarasi ifoda etilgan.
Ushbu she'r "asrlar g'amini kuylovchi" mashhur "Munojot" kuyi ta'sirida bitilgan bo'lib, unda shoirning qalb torlaridan taralgan ko'ngil nidosi ifodalangan. Hayotning achchiq haqiqatlari, dunyoning turfa jumboqlari haqida mulohaza yuritgan shoir "Sen beshik emassan, dorsan, tabiat, Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!" deb yuboradi beixtiyor. Falsafiy ruhda bitilgan ushbu she'r o'quvchini chuqur xayolga toldirishi shubhasiz.
1926-yilda yozilgan mazkur she'r shoirning "Tuyg'ular" nomli ilk to'plamiga kiritilgan. Unda tuyg‘uning samimiyligi va tiniqligi ham, lirik qahramonni qurshagan ishqiy hayajonning to‘lqini va musiqasi ham chinni piyoladek toza sado berib turadi. Otashin tuyg'ularga limmo-lim qalbdan otilgan bu satrlar o'quvchi qalbini ham ana shunday go'zal hislarga oshno qilishi shubhasizdir.
Ushbu hikoya 1916-yilda yozilgan bo'lsa-da, birinchi bor 1921-yilda «Sharq chechagi» jurnalida bosilgan. Asar yozilganiga bir asr bo'lganiga qaramay, unda tasvirlangan voqealar o'zining originalligi, uslubiy ravonligi, tilining soddaligi va ifodaliligi bilan kitobxonlar e'tiborini tortib kelmoqda. Hikoya dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilingan bo'lib, jahon adabiyotining eng sara asarlari qatoridan joy olgan.
«Uloqda» hikoyasi zamonaviy o‘zbek adabiyotining birinchi namunalaridandir. Hikoya 1915-yilda yozilib, 1916-yilda Toshkentda alohida kitobcha sifatida nashr etilgan. «Uloqda» hikoyasida adib quvonch bilan o‘limni yonma-yon tasvirlab, insonni hamisha aql-u idrok bilan ish tutishga undaydi, behuda narsalarga umrni sarflamay, ma’rifatga, ma’naviy yuksalish va madaniy turmushga intilib yashash g‘oyasini ilgari suradi.
Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Jo‘xori tuyayotgan xotini uning qo‘lidagi tugunchani ko‘rib, kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopdi. Keli lapanglab ag‘anadi, chala tuyilgan jo‘xori yerga to‘kildi. Turobjon tugunchani orqasiga bekitib, tegishdi: – Akajon, degin! – Akajon! Jo-on aka!.. – Nima berasan? – Umrimning yarmini beraman!.. Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning o‘zida,