Sahifa yuklanmoqda . . .


Orqangdan yig‘lab qoldim...

Orqangdan yig‘lab qoldim,

Ko‘ksimni tig‘lab qoldim.

Qiz, daryodan osharsan,

Bilmam, qayda yasharsan.

Orqangdan yig‘lab qoldim.

 

Sir aralash hayoting...

Gavharlardan marjoning.

Hazin kuylar chalasan,

So‘yla, qayon borasan?

Sir aralash hayoting...

 

Tushimda ko‘rdim seni,

Birga olib ket meni.

Dengiz, tog‘lar oshaylik,

Cho‘pon kabi yashaylik.

Birga olib ket meni.

1926


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2016, 23-Dekabrda yuklangan

118 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yig'la qiz daryo sir hayot gavhar marjon hazin kuy tush dengiz tog' cho'pon
Muallif
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek

Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek

Oybek shoir, adib va adabiy harakatning rahbari sifatida XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shdi. U adabiyotimizni turli janr va shakldagi asarlar bilan boyitibgina qolmay, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriylar ijodi tufayli shakllangan adabiy tilimizga yanada sayqal berdi. Eng muhimi, Cho‘lponlar qatag‘on etilgan, hatto ularning buyuk asarlarini o‘qish mumkin bo‘lmagan davrlarda Oybek o‘zining ijodiy izlanishlari va badiiy tajribalari bilan kelgusi adabiy avlodlarga mash’al o‘laroq, badiiy ijodning munavvar yo‘llarini yoritib turdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek She'rlari Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek asarlari