Sahifa yuklanmoqda . . .

Oro - Asarlar

Oro - Asarlar - oro so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Dunyo shunday qurilganki, unga kelgan odam gunoh qilmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, inson degan mavjudotga shunday tabiat berilganki, uning gunoh qilmasdan yashashi mumkin emas. Dunyoning loyi borligi va shoirning unga kelib, bilmay «bota qolishi» shundan. Inson ko’pincha o’z ixtiyoriga zid yashaydi. Ushbu g'azalda ham shoirning ishqi tavsifi barobarida dunyoning ishlari, jumladan, tirikchilik tashvishlari, tan va ruhning rohat-farog’atga moyilligi, bularning esa oxir-oqibatda «ishq»iga xalaqit berishi kabi masalalar ko’tariladi.

174
Yakpora g'azal
Boborahim Mashrab

Mazkur tuyuq "yoro" so'zining tajnisi asosiga qurilgan bo'lib,u quyidagicha ma'no tovlanishlariga ega: "Yor vasli haqida bir so'z demoqlikka madorim yo'q (yaramayman). Ey yor, hajr aro menga rahm ayla. Sen otgan o'qlar qalbimga juda yomon jarohat (yara) yetkazdi, endi lutfing marhamati bilan uni tuzat (korimga yara)".

419
Tuyuq
Zahiriddin Muhammad Bobur

Turdining bor-yo’g’i uch baytdan iborat ixchamgina bu g’azali ishqiy-falsafiy mavzuda bitilgan. G'azal matnini hozirgi tilimizga tabdil qilsak, quyidagi ma'no chiqadi: "Ko’ngil bezagi bo’lgan bu sho’x go’zal shiddatli (turkona) yurish qilib keldi. Yor ko’zining bir cheti bilan ko’ngul mamlakatini talon-taroj etdi, bosib oldi. Tuproqda gul emas, jon unsa ajablanmang, zero, bu shahlo ko’zlar qanchadan-qancha sarvqomat go’zallarni yerga kirgizmadi. Tong yoqasini yirtmaguncha, quyosh paydo bo’lmaganidek, har qayerda ham g’amning do’sti dili g’amdan pora bo’lgan do’stni istaydi".

316
Yakpora g'azal
Turdi Farog'iy

Ushbu g'azal hazrat Navoiyning mashhur g'azallaridan bo'lib, u go'zal tasvir bilan boshlanadi: "Kecha kelaman deb va'da berib ketgan yor va'dasiga vafo etib kelmadi Shu kecha mening ko'zlarimga ham tong otguncha uyqu kelmadi. Har lahza uning yo'liga chiqib termulaverib, jon og'zimga keldi-yu, o'sha yomon xulqli sho'x go'zal kelmadi"...

39860
Voqeaband g'azal
Alisher Navoiy

Mazkur g'azalni muallif tamoman o‘zbek xalq maqollari asosiga qurgan. Har bir baytda shoir bittadan maqol qo‘llaydi. Maqollar go‘yo baytlar birinchi misrasida aytilgan fikrga bir isbotdek keltiriladi. Shuning uchun barcha baytlarning ikkinchi satri maqol bilan tugaydi. Demak, shoir beshta bir-biriga qofiyadosh so‘z bilan tugaydigan maqol topgan. Bu esa uning poetik mahoratini ko'rsatadi.

1050
Yakpora g'azal
Lutfiy

Ushbu hikoyada olamga dong'i ketgan hukmdor Aleksandr Makedonskiy - Iskandar Maqduniyning yurtimiz tomon bostirib kelishi jarayonida turkiy xalqlarning mardligi, jasorati, oriyati, oliyjanobligini ko'rib qoyil qolgani hikoya qilinadi. Ayniqsa, cho'pon yigitning kamonni nishonga to'g'ri tekkiza olmay izza bo'lib qolishdan ko'ra o'limni afzal bilgani lavhasi juda ta'sirchan ifodalangan.

0
Tarixiy hikoya

Shiroq - turon xalqlarining sevimli qahramoni. U o'zi oddiy cho'pon bo'lishiga qaramay, harbiy hiyla yordamida butun dushman qo'shinini yo'ldan adashtirib, o'z yurtini bosqinchilar hujumidan himoya qilgan. Uning bu qahramonligi mashhur tarixchi Polienning "Harbiy hiylalar" asarida ham keltirilgan bo'lib, ushbu hikoyada ana shu mashhur voqea mahorat bilan tasvirlanadi.

262
Tarixiy hikoya
Mirkarim Osim

Ushbu hikoya 1916-yilda yozilgan bo'lsa-da, birinchi bor 1921-yilda «Sharq chechagi» jurnalida bosilgan. Asar yozilganiga bir asr bo'lganiga qaramay, unda tasvirlangan voqealar o'zining originalligi, uslubiy ravonligi, tilining soddaligi va ifodaliligi bilan kitobxonlar e'tiborini tortib kelmoqda. Hikoya dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilingan bo'lib, jahon adabiyotining eng sara asarlari qatoridan joy olgan.

277
Mistik hikoya
Abdulla Qodiriy