Xullas, qishloq buziladigan bo‘ldi. Qo‘rg‘onchada almisoqdan qolgan bir bino bo‘lardi. Biladiganlar guvohlik berishicha, qishloqda yakkaxo‘jaliklar tugatilib, «kolxoz-kolxoz» bo‘layotgan davrlar ulusning yig‘inlari tez-tez shu binoda o‘tkazib turilar ekan...
Bir ajib hol: mish-mishlarga boqsam, chevrada ko‘zga ilinarli odam qolmabdi. Tasavvur qilyapsizmi, odam yo‘q! Suv bo‘lmasa, qurg‘oqchilik bo‘ladi, narsa bo‘lmasa, yo‘qchilik bo‘ladi, pul bo‘lmasa, kambag‘alchilik bo‘ladi, yemak bo‘lmasa, ocharchilik bo‘ladi, Odam bo‘lmasa-chi?!
Shoshilib-shoshilmay oyoq qo‘yamiz,
Baland binolarga boqib odatda.
Zinalarni bosib ko‘tarilamiz,
Hayotda, ilmda, adabiyotda.
Har tong yo‘limizda uzun zinalar,
Har kech qadamimiz ostida yana.
Nafaqat bitondan, toshdan, taxtadan,
Hattoki odamlar bo‘ladi zina.
Yuksak-yuksaklarni ko‘zlaydi yurak,
Faqat yuksaklarda omad bilinar...
Ushbu g‘azalda Komilning muhabbat domidagi oshiq holatini tasvirlash mahorati qanchalik yuqori ekanligi namoyon bo‘ladi. Shoir she’rning har baytida ifodalanishi ko‘zda tutilgan asosiy ma’noni aks ettiruvchi so‘zni takrorlash yo‘li bilan alohida bir satr holiga keltiradi. Bu usul g‘azalda ko‘zda tutilayotgan asosiy ruhiy holatga e’tibor tortadi.