Sahifa yuklanmoqda . . .
Abdurauf Fitrat Asarlari - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.
Shoir hayotida chuqur iz qoldirgan iztirobli sevgi tarixi bu she’rning yozilishiga turtki bergan. Unda ko‘nglining suygan yoridan ayrilgan lirik qahramon iztiroblari quyuq badiiy bo‘yoqlarda ta’sirli ifodalangan.
Shoir «O‘gut»da o‘zi va millati dardlariga najot topganday bo‘ladi. Bu najot - xalqning og‘ir-vazmin, mulohazakor, biroq ko‘zlari yoniq farzandlari - yigitlaridir! Bu yigitlarning nurli ko‘zlarida shoir millatning ertangi kunini, baxt-u iqbolini ko‘radi. Zero, har qanday xalqning kelajagi uning bag‘ridan yetishib chiqajak avlodga, bu avlodning millat orzularini qanchalik chuqur anglashiga bogliqdir.
«Mirrix yulduziga» she’rida Turkiston o‘lkasi XX asr boshlarida tushib qolgan g‘oyat achinarli holat o‘z ifodasini topgan. Jafokash Vatan vujudiga joylashib olib, qonini zulukdayin so‘rgan kimsalar kirdikoridan ozorlangan lirik qahramon xayolan Mirrix yulduziga murojaat etadi. Bu murojaat boshdan-oyoq achchiq savollardan tashkil topgan. Afsuski, «yerimizning eng qadrli tuqg‘ani» — go‘zal Mirrix ham bu holdan lol qotgan...