Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko'p,
Husning oshiqlari - adolaring ko'p.
Nimang ko'p, ko'yingda gadolaring ko'p,
Ammo men bittaman, men bittadurman.
Bek yigit bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoq-u zorman,
Men beun sevarman, men jim sevarman,
Qiyomatgacha shul sukutdadurman...
Jismimda jon borligin dardim aytar,
Yaratgan der: "Haq so'zni mardim aytar",
Kimligimni el ichra qadrim aytar,
Har bandaning qanoti qayrilmasin,
Umrin bersin, baxtidan ayrilmasin.
Yomg'iri yo'q bulutni bulut demang,
Qanot kergan quzg'unni burgut demang,
Ko'ngil ko'rki - ishq dardin unut demang,
Oshiq bo'lsa, ohidan ayrilmasin,
Osmon bo'lsa, mohidan ayrilmasin...
Cho‘lponning mazkur she’ri bolsheviklar qirg‘ini, sho‘ro mustamlakachilari tomonidan o‘lkamizning vayronaga, o‘likxonaga aylantirilgani haqida bo'lib, unda yurtimiz boshiga tushgan musibatlar o'ta haqqoniy va ayni paytda ta'sirchan qilib tasvirlangan.