Sahifa yuklanmoqda . . .

Umarxon Amiriy Asarlari

Umarxon Amiriy Asarlari - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Mazkur g'azalda muhabbat tuyg’usi qalamga olingan. Ilk misrada lirik qahramon o’z oldiga "Nega muncha siyohdur kokul?" deya savol qo’yar ekan, mumtoz adabiyotda ham hech kimning xayoliga kelmagan yo’sinda unga javob topishga erishadi...

529
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy

Ushbu g'azal favqulodda tasvirga ega. Odatda, she’riyatda inson xatti-harakat va ruhiy holatlarni tabiiy hodisalardan o’rganganligi tasvirlanardi. Bu o’rinda kutilmagan badiiy holat yuzaga keladi. Ya’ni tentaklik daryosi tug’yonni, toshqinni, guvillashni she’r qahramonidan o’rganganligi tasvirlanadi. Shu tariqa baytma-bayt fikrni rivojlantirib borgan shoir so'nggi baytda mumtoz ishqiy lirika tajribasida kamdan-kam bo’ladigan holatni beradi. Ya’ni oshiq dardiga davo topganini ifoda etadi...

750
Musalsal g'azal
Umarxon Amiriy

Ushbu g'azalda ma’shuqa bergan azoblardan ruhiga taskin izlaydigan oshiq tuyg’ulari g’oyat o’ziga xos tarzda tasvir etiladi.

219
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy

Ushbu g'azalning o'ziga xosligi shundaki, u ishq quvvatining cheksizligini madh etish yo’sinida borib, maqta’ga kelganda yorning tengsiz go’zalligi va oshiqning unga bo’lgan cheksiz muhabbatining oshkor bo’lmasligi tilagi bilan yakunlanadi. Ya’ni odamning ko’ngliga tegishli tuyg’ular ko’ngil kabi pinhon bo’lgani ma'qul.

223
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy

Amiriyning juda uzoq yillardan buyon mashhur "Chorzarb" kuyiga solinib, qo’shiq sifatida aytib kelinayotgan «Qoshingg’a teguzmagil qalamni» misrasi bilan boshlanadigan g’azalida shoir lirikasiga xos xususiyatlar to’liq mujassamlangan. Inson ruhiyatining turfa holatlarini nozik his qiladigan Amiriy she’riyatining hayotsevarlik, umidbaxshlik jihatlari g’azal matla’sidayoq yaqqol ko’zga tashlanadi.

554
Yakpora g'azal
Umarxon Amiriy