Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Arsh arkida sulton o`zi,
Beaybu benuqson o`zi.
Poyiga cho`k, ul Zuljalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Tasavvufiy ruhda bitilgan asarlarni o'qish kishidan alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Xususan, bunda tasavvufiy istilohlardan boxabar bo'lish lozimdir. Yo'qsa, asar ma'nosi anglashilmaydi yoki butunlay zid ma'noda tushunilishi mumkin. Ushbu g'azalda ham lirik qahramon yorga yolborib: "Bir bo'sa ber", deya o'tinar ekan, bunda solih bandaning Allohdan lutf-u marhamat tilayotganini ko'rishimiz mumkin.
Bir kuni Aldarko‘sa yo‘lda ketayotsa, uning oldidan boy chiqib qolibdi. U Aldarko‘saga:
— Hoy Aldarko‘sa, qani meni bir aldab ko‘r-chi, qo‘lingdan kelarmikan? — debdi. Aldarko‘sa qarasa boy juda takabbur ko‘rinadi. Aldarko‘sa «buni qanday qilib aldasam ekan, quruq aldasammikan yoki ho‘l aldasammikan», deb o‘ylanib turibdi-da...