Po‘latdan zirh kiyar Yevropa,
Qamoq qurar, tanklar quyadi.
Dohiylarni suyadi ko‘plar —
Qatiqqo‘lligini suyadi.
U tomonda tillarda Gitler,
Biz tomonda — o‘rtoq Stalin.
Va qiyshaya boshlar Ona Yer —
Buziladi muvozanati.
Ammo Parij ko‘chalarida
Kezar ekan negadir ma’lul —
Rilke gado ayol qo‘liga
Ta’zim bilan tutqazadi gul...
Bolalik inson hayotining eng go'zal, eng beg'ubor damlaridir. Biroq bu beg'ubor osmonni qora bulutlar qurshab olsa, nima bo'ladi? Bolalikda sodir bo'lgan har bir voqea murg'ak vujudning xotira daftariga o'chmas harflar bilan bitiladi. Bordi-yu bolakay mash'um hodisaga guvoh bo'lsa, bu uning qalbida bir umr jarohat bo'lib qolishi shubhasizdir. Ushbu hikoya avtobiografik xarakterga ega bo'lib, unda yozuvchining og'ir bolalik xotiralari qalamga olingan.