Hayotda nimalar bo‘lmaydi deysiz.
O‘zbekovullik Tirkash muallim g‘unchaday besh yashar qizchasidan ayrilib qoldi. Bola – bola-da, yon hovlida gurillab ishlayotgan nasosning tovushiga qiziqib borgan-u... Ko‘zlari kirtayib, rang-ro‘yi bir holga kelib qolgan muallimni uch kundan so‘ng militsiyaga chaqirishdi.
Tun. Bebosh shamollar bastalab kuyin,
So’ng uni chizar gul chechaklariga.
Menga sezdirmasdan bir qizcha yig’lar
Berkinib tushimning burchaklariga.
Uzun tutqatordan yugurar tinmay,
Ko’zida qotadi arqon-arg’imchoq.
Haqiqat qidirib chiqqan edi u,
Lek yo’lda yolg’onlar ochdilar quchoq.
Bobosidan qolgan cho’pontayoqday
Qadrli bilardi hamma odamni...